Özbekistonda qon bilan işlaş muassasalari faoliyati takomillaştiriladi va aholi orasida beğaraz donorlik harakati rivojlantiriladi. Bu borada prezident qarori imzolandi.
“Nigoh” Telegram-kanalining xabar berişiça, qarorga binoan:
- doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topşiruvçi) donorlar va ularning yaqin qarindoşlari statsionar davolaniş jarayonida, zarurat tuğilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi;
- donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlaş böyiça xarajatlarning qiymati respublika böyiça bir xil – mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 3 foizi (ayni paytda 27 ming söm) miqdorida belgilanadi;
- immun donorlarga ötkazilgan immunizatsiya va topşirilgan plazmasi uçun haq tölaş miqdori mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining oşirilişi darajasi doirasida mutanosib ravişda indeksatsiya qilib boriladi;
- şoşilinç holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini taşiş uçun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanişga ruxsat beriladi.
2023 yil 1 yanvardan boşlab “Özbekiston Respublikasi faxriy donori” kökrak nişoni bilan taqdirlangan şaxslarga biryöla beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigaça (1,5 mln sömdan 4,5 mln sömgaça) oşiriladi.
Mazkur kökrak nişoni bilan taqdirlangan şaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:
- şahar jamoat transportining barça turlaridan (yönalişli va yönalişsiz taksilardan taşqari) bepul foydalaniş;
- davlat sanatoriy-kurortlarida davolaniş uçun yöllanmalarni navbatsiz oliş;
- ular uçun qulay vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga çiqiş.
Ma’lumot uçun, “Özbekiston Respublikasi faxriy donori” kökrak nişoni 2014 yilda ta’sis etilgan. Bu nişon öz qonini kamida 40 marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida 60 marta bepul topşirgan şaxslarga beriladi.












