Isroil prezidenti Reuven Rivlin Falastin yetakçisi Mahmud Abbosni Ramazon oyi kirib kelgani va soğayib ketgani bilan tabrikladi. Rivlin Abbosga Ğazo sektoridagi norozilik namoyişlarida falastinliklar halok bölayotgan bir vaqtda qönğiroq qilgan.
Öz navbatida Abbos ham Rivlinga qönğiroq uçun minnatdorlik bildirgan.
Ğazo sektoridagi namoyişlar 30 mart kunidan beri davom etib kelmoqda va sektordan blokada olinmagunça davom ettirilişiga va'da qilinmoqda. Namoyişlar AQŞ Isroildagi elçixonasini Al-Qudsga köçirişi qaroridan keyin yangi kuç bilan avj olgan. Falastinlik şifokorlarning ma'lum qilişiça, namoyişlar boşidan 119 falastinlik halok bölgan, 13,2 mingi öq va gazdan jarohat olgan, ulardan 300 nafari oğir ahvolda.
May oxirida 83 yoşli Abbos kasalligi tufayli davolangan şifoxonadan çiqqan. Uning navbatdagi marta şifoxonaga yotqazilişi Falastin içidagi ziddiyat şaroitida işonçli vorisi va hokimiyatni topşiriş mexanizmi yöqligi haqidagi yangi munozaralarga sabab bölgan.












