Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol böyiça jahon çempionatining oçiliş marosimida iştirok etiş uçun Moskvaga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Vnukovo-2” xalqaro aeroportida davlat rahbari futbol bayramiga xos kötarinki muhitda kutib olindi. 

Taomilga köra, prezidentni futbol böyiça 2018 yilgi jahon çempionatining ramzi – böri “Zabivaka” qarşi oldi. 

Şavkat Mirziyoyev “Mundial”ning rasmiy töpiga dastxat qöydi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari öğli Miralişer va nabirasi Miromon bilan böri “Zabivaka” yonida suratga tuşdi.

 

Prezident öğli Miralişer va
nabirasi Miromon (çapda) bilan

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Moskvaga jönab ketgani xabar qilingandi.