
Jahon çempionati B guruhining markaziy öyini bölgan Portugaliya hamda Ispaniya terma jamoalar örtasidagi bahs gollarga boy durang bilan yakunlandi. Soçidagi "Fişt" stadionida keçgan uçraşuv 3:3 hisobi bilan nihoyasiga yetdi.

Ispanlar safida Diyegu Kosta dubl qayd etgan bölsa, yana bir golga Naço mualliflik qildi. Portugaliyaning barça gollari Kriştianu Ronaldu tomonidan kiritildi.

Birinçi turdan söng 3 oçko töplagan Eron guruhda peşqadamlik qilmoqda. Ikkinçi örinni egallab turgan Portugaliya hamda Ispaniya hisobida 1 oçkodan bor. Törtinçi örinda qolgan Marokaş terma jamoasi esa hali oçko işlamagan.

JÇ-2018. V guruhi
Portugaliya – Ispaniya – 3:3 (2:1)
Gollar: Kriştianu Ronaldu, 4 – s penalti (1:0). Diyegu Kosta, 24 (1:1). Kriştianu Ronaldu, 44 (2:1). Diyegu Kosta, 55 (2:2). Naço, 58 (2:3). Kriştianu Ronaldu, 88 (3:3).
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Sedrik Suariş, Joze Fonti, Pepe, Rafael Gerreyru, Bernardu Silva (Kuarejma, 69), Joau Moutinyu, Villiam Karvalyu, Brunu Fernandeş (Joau Mariu, 68), Gonsalu Gedeş (Andre Silva, 80), Kriştianu Ronaldu.
Ispaniya: de Xea, Naço, Pike, Serxio Ramos, Jordi Alba, Silva (Vaskes, 86), Buskets, Koke, Isko, Inesta (Tiagu Alkantara, 70), Diyegu Kosta (Aspas, 77).
Ogohlantirişlar: Buskets, 17. Brunu Fernandeş, 28.











