Ikki afsonaviy futbolçi – gollandiyalik Marko van Basten va germaniyalik Lotar Matteus Rossiyada davom etayotgan Jahon çempionati vaqtida mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşgani sabab tanqidlar ostida qoldi.

Xususan, Bild naşrining yozişiça, van Bastenning Kremldagi uçraşuvdan olingan suratlarni Instagram sahifasiga joylaşi 2014 yili MN17 aviahalokati oqibatida 17 yoşli qizidan juda bölgan Xans de Borst hamda fojia qurbonlarining yaqinlariga advokatlik qilgan Jyerri Skinnerni ğazablantirgan.

«Axir bu dahşat-ku! Van Basten zör futbolçi edi, biroq endi u yomon gollandiyalikka aylanibdi! U Putindan MN17 yölovçi reysi passajirlarining ölimi uçun javobgar ekanini qaçon tan olişi haqida söraşni unutibdi-da», - degan de Borst.

«Agar yodingizdan kötarilmagan bölsa, mister van Basten, Putin sizning terma jamoangiz fanatlari bölgan erkaklar, ayollar va bolalarni ölimga mahkum etgandi. Janob Putinga ayting, aviahalokat uçun javobgarlikni böyniga olsin», - deb aytgan Skinner.

Gazeta, şuningdek, Germaniya terma jamoasining sobiq a'zosi Lotar Matteusning ham bu uçraşuvga borganiga e'tibor qaratib, afsonaviy futbolçi Putin propagandasining bir qismiga aylanayotgani haqida maqola çop etdi.

«Matteus Putinning qançalar oğir jinoyat uçun bevosita javobgar ekanini bilmasligi mumkin emas. U ixtiyoriy ravişda qotilning öz yonida porlaşiga yöl qöyib bermoqda. Putin öz xatti-harakatlari va propagandasi bilan unga bölgan şubhani tarqatib yubormoqçi. Matteus ham ana şu taşviqotning bir qismiga aylanib qoldi. Agar Putin haqiqatan ham qöli qonga botgan bölsa-yu, Matteus u bilan qöl siqişgan bölsa, demak, u ham qotillik maşinasini oqlayotgan bölib çiqadi. Matteus barçasiga sport orqali erişgan, endi esa sportni oyoqosti qilmoqda», - deyiladi maqolada.

Nazvaniye

Matteus öz Twitter sahifasida uşbu tanqidga şunday javob yozgan: «Siyosat va sportni bir-biridan ajratib bölmaydi, biroq biz, sportçilar uçun, musobaqaning faqat tinç va halol ötişi muhim. Rossiyaliklar JÇni fantastik darajada taşkillaştirişdi hamda butun dunyoga öz mehmondöstligi va samimiyligini namoyiş etişdi. Buning uçun ular minnatdorçilik bildirişga arziydilar.

Prezident Putinga men aynan mana şuning uçun minnatdorçilik izhor etdim. Sport turli mamlakatlardan bölgan insonlar va madaniyatlarni yaqinlaştiradi, özaro muloqot uçun köprik vazifasini ötaydi. Bu öz özini ajratib qöyiş, boykot e'lon qiliş va bir-biri bilan gaplaşişni istamaslikdan köra yaxşiroq».

Nazvaniye

Şu yilning mart oyida Xalqaro tergov guruhi Malayziyaning «Boing» samolyoti «Buk» havo hujumidan mudofaa kompleksidan havoga uçirilgan raketa tomonidan urib tuşirilgan, degan xulosaga kelgan edi. Dastlabki tergov natijalariga köra, uşbu mudofaa kompleksi Ukraina hududiga Rossiya tomonidan olib kirilgani va layner urib tuşirilganidan söng yana Rossiyaga qaytarilgani aytilgandi. 

Öz navbatida Rossiya tomoni «Boing» yölovçi layneri halokati uçun javobgarlikni Ukraina zimmasiga yuklagan. «Buk» havo hujumidan mudofaa komplekslari işlab çiqaruvçisi «Almaz-Antey» halokatni modellaştiriş xulosalari asosida samolyot falokatiga Ukraina harbiylari nazoratida bölgan hududdan uçirilgan raketa zarbasi sabab bölganini ma'lum qilgandi. Rossiya tergov guruhi bir neça bor laynerning Ukraina harbiy samolyoti uçirgan raketadan urib tuşirilganini ta'kidlagan.

2014 yil 17 iyulidagi fojia oqibatida 298 kişi halok bölgandi.