14 yaşar Markoni otasi vraçga yetaklab keldi.
- Agar yigirma yoşingda nogironlar aravaçasida yurişni xohlamasang, futbolni taşlaşing kerak, - dedi doktor, - futbolsiz yaşay olmasang, mayli, haftada bir kun öynab turişing mumkin, ammo professional futbolçi bölişni umuman xayolingga keltirma.
Hamma gapni eşik orqasida eşitib turgan otasi unga “Kel, bugungi gaplarni eşitmadik, deb qabul qilamiz” dedi va yoş Marko doktorning emas, otasining gapini bir umrga eslab qoldi. Golland futboli esa Marko van Basten ismli afsonaviy futbolçiga ega böldi.
Marko nafaqat golland, umuman futbolga gözallik bağişladi, aynan u jahon futbolida yangi hujumçilar avlodini boşlab berdi. U va Gullit 70-yillarda golland futboli tarğib qilgan total futbolning bir tanada jamlangan körinişi edilar. Baquvvat, baland böyli, egiluvçan, har ikki oyoğida kuçli va aniq zarba bera oladigan, har qanday holatda boşi bilan yaxşi öynaydigan, vaziyatlarda dispetçerlik qobiliyatini işga solib butun öyinni nazorat qilişni uddasidan çiqadigan Marko van Bastendan keyin ideal hujumçi tuşunçasi yanada kengroq ma'noga ega bölgandi. Bergkampning nafisligi, Ibrahimoviçning akrobatça harakatlari, Nistelroyning kuçli zarbasi, Drogbaning şiddati, Raulning öyinni xis qiliş qobiliyati – barçasi unda mujassam edi.
Marko van Basten 1964 yilning 31 oktabrida, Utrext şahrida, sportçilar oilasida dunyoga keldi. Onasi gimnastikaçi, otasi esa 50-yillardagi Gollandiyaning maşhur futbolçilaridan edi. Şuning uçun ham u köproq otasiga quloq solar, hatto unga jamoani ham otasi tanlab bergandi.
“Edilviyk” havaskor jamoasida öynab yurgan 13 yoşli Markoni bizga yaxşi taniş bölgan Leo Beenxakker payqab qoladi va “Feyyenord” ga olib ketmoqçi böladi. Bolaning biroz tajribasizligi, boşqa şaharda musofir böliş salbiy ta'sir qiliş mumkinligini sezgan katta van Basten taklifni rad etadi.
- Sen “Ayaks”da öynasangina buyuk futbolçi bölib yetişasan, - degandi u öşanda öğliga.
Yillar ötib u haqiqatdan ham “Ayaks”ga keldi. Öşa yillari golland futbolining tirik afsonasi Yoxan Kruiff aynan Amsterdamda öynardi va murabbiylik qilardi. U Markoni yoqtirib qoladi va uni özining vorisi ölaroq köra boşlaydi..Bu haqida “Inter”ning afsonasi Sandro Matstsola eslaydi:
- Milanda ötgan örtoqlik turnirlaridan biri edi. Yoxan menga Markoni körsatdi va “mana bu bolani kör, bu yangi Kruiff böladi” dedi. Men uni biroz kuzatib haqiqatdan ham ajoyib futbolçi qarşisida turganimni payqagandim”








