O‘zbekiston | 11:50 / 13.07.2018
76175
2 daqiqa o‘qiladi

Erkinjon Turdimov Surxondaryo xalqi bilan xayrlashdi

Foto: Facebook / Erkinjon Turdimov

Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimini tark etganini rasman tasdiqladi. U feysbukdagi rasmiy sahifasida Surxondaryo xalqi bilan xayrlashgan.

«Men Surxondaryo xalqidan cheksiz minnatdorman, bir yilu yetti oy vaqt mobaynida bu voha ahlidan juda ko‘p narsani o‘rgandim. O‘zimni Surxondaryo xalqidan bir umr qarzdor deb hisoblayman. Mana shu davr mobaynida men bilan yelkama-yelka turib xizmat qilgan barcha-barchaga minnatdorchiligimni bildiraman», degan hokim.

Erkinjon Turdimov 2016 yil dekabridan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

12 iyul kuni u Turobjon Jo‘rayev o‘rniga Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangani ma'lum bo‘ldi.

Erkinjon Turdimov (1969 yilda tug‘ilgan) 2008−2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi bo‘lgan. 1991−1995 yillarda O‘zsanoatqurilishbank hududiy bo‘limlariga rahbarlik qilgan, 1996 yilgacha Zarafshon hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Surxondaryo viloyatiga joriy yil 16 yanvaridan Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlagan Bahodir Po‘latov hokim bo‘ldi.

Ayni vaqtda Samarqand viloyatining sobiq hokimi qo‘lga olingan. Hozircha hokimning ushlanishi tafsilotlari keltirilmadi.

Mavzuga oid