Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jörayev öz lavozimidan ozod etilgan. Bu ma'lumot «Kun.uz»ning bir neça manbalari tomonidan tasdiqlandi.

Uning örniga 2016 yilning dekabridan buyon Surxondaryo viloyatiga hokimlik qilib kelayotgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatining yangi hokimi böladi.
Öz navbatida Surxondaryo viloyatiga Toşkent viloyati prokurori Bahodir Pölatov yangi hokim etib tayinlanadi.

Eslatib ötamiz, 11 iyul kuni internetda Samarqand viloyati hokimi Turob Jörayev qölga olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Uşbu xabarlarda hokimiyat rahbariyati quriliş kompaniyalaridan quriliş qilişiga ruxsat beriş uçun pora talab qilgani aytilgandi.
Hozirça viloyat rahbariyatidagi özgarişlar, xususan Turobjon Jörayev haqida rasmiy ma'lumot berilmadi.












