«Çelsi» «Real» rahbariyatiga belgiyalik hujumçisi Eden Azarni 170 million funtga ham (190 million yevro) sotmasligini ma'lum qilgan. Bu haqda Mirror naşri xabar bermoqda.
Bundan avvalroq OAVda londonliklar klubi rahbariyati uşbu futbolçisini 190 million yevro evaziga qöyib yuborişga rozi bölgani haqida xabar tarqalgandi.
Bu qaror jamoaning yangi boş murabbiyi Maurisio Sarri Azarni jamoa yetakçisi sifatida körayotgani tufayli qabul qilingan. Futbolçining özi biroz avvalroq yangi çaqiriqlarga tayyor ekanini aytib, «Real»ga ötmoqçiligiga işora qilgandi.
«U - Yevropaning eng yaxşi futbolçilaridan biri. Umid qilamanki, uning yanada rivojlanişiga yordam beraman, ammo bu qiyin iş. Axir u şundoq ham yuqori çöqqida», degan italiyalik mutaxassis.
Naşrning tasdiqlaşiça, «Çelsi» uşbu futbolçisiga moliyaviy tomondan yaxşilangan yangi şartnoma taklif qilmoqçi. Uning yangi şartnoma böyiça haftalik maoşi miqdori 300 ming funtga (335 ming yevro) yetişi mumkin.
Azar «Çelsi» safida 2012 yildan buyon töp surib kelmoqda. U London klubi bilan ikki marta Angliya çempioni bölgan, bir marta Yevropa Ligasi ğolibligini qölga kiritgan. Uning amaldagi şartnomasi muddati 2020 yilgaça tuzilgan. Ötgan mavsumda belgiyalik futbolçi «Çelsi» uçun barça turnirlar doirasida 51 öyinda maydonga tuşib, 17 gol urgan va 13 golga uzatma bergan.












