Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShTning garov evaziga ozod qilingan bosh kotibi Armanistonni tark etmagan
Armanistonda konstitutsion tuzumni ag‘darishda ayblanayotgan va garov evaziga ozod qilingan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ning bosh kotibi Yuriy Xachaturov respublikani tark etgani yo‘q, deb ma'lum qildi uning advokati Migran Pogosyan.
"Ayni paytda Xachaturov Armanistonda", — dedi Pogosyan.
U hozircha sud qaroriga norozilik bildirish borasida yakuniy qarorga kelinmaganini bildirdi.
Avvalroq Armaniston maxsus tergov xizmati KXShT bosh kotibiga 2008 yil 1 martdagi norozilik namoyishlarini bostirish bo‘yicha jinoiy ish doirasida konstitutsion tuzumni ag‘darish ayblovini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026