MMA jangçisi Mahmud Murodov Özbekiston fuqaroligiga ega böldi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi.
«Yana bir orzu röyobga çiqdi. Hurmatli prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga alohida minnatdorlik bildirmoqçiman. 26 yil davomida şu kunning kelişiga şubha qilmagandim, heç qaçon öz ajdodlarimni va özbek zamini öğloni ekanligimni unutmaganman, bugun esa buni tasdiqlovçi hujjatni qölga oldim. Öz yurtimning töla huquqli fuqarosi sifatida uning şa'nini jahon arenalarida himoya qilişga va har bir davlat özbek sportçilarining qudratini bilişi uçun bayroğini köklarga kötarişga va'da beraman. Har bir inson orzu bilan yaşaydi, meniki esa bugun uşaldi. Yana bir bor rahmat...», - deya yozgan M.Murodov.
Ma'lumot uçun, Mahmud Murodov asli Tojikistonda tavallud topgan. Köp yillardan beri jahon ringlarida Özbekiston bayroği ostida jang qilib kelayotgan edi.












