Isroil hukumati timsohlar qoçib ketişi ehtimoli tufayli xalqaro nizo kelib çiqişidan xavotirlanmoqda. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Timsohlar Isroil va Iordan daryosining ğarbiy sohili – Falastinning bir qismini ajratib turadigan Iordan daryosiga bundan 20 yil avval keltirilgandi. Ular bu hududga sayyohlarni jalb qilişi rejalaştirilgandi, ammo isroilliklar va falastinliklar nizosi sababli bu reja amalga oşmadi.
Telekanalning xabar berişiça, timsohlar hali ham yopiq fermada yaşab köpayib kelmoqda. Hududda tez orada minglab timsohlar paydo bölişi xavfi mavjud.
«Agarda timsohlar fermadan qoçib daryoga tuşib ketişsa nima bölişini öylaşni istamayman – bu xalqaro nizoga sabab böladi», — dedi Iordan daryosi vodiysi hududiy kengaşi raisi David Elxayani.
Hozirda fermada tisohlarni boqiş bilan bir nafar xodim şuğullanadi, ammo u köplab timsohlarni nazorat qiliş imkoniyatiga ega emas. Sönggi bor 70ta timsoh qoçib ketganida ularni tutiş uçun uç kun vaqt ketgandi.












