2018 yil 16 avgust kuni Özbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “I Xalqaro maqom san'ati anjumani”ga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.

Matbuot anjumanida Taşkiliy qömita, Xalqaro maqom san'ati anjumanining saralaş bosqiçi Hakamlar hay'ati a'zolari, taniqli maqom ijroçilari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi

Tadbirda jurnalistlar xalqaro tadbir böyiça özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olişdi.

Ma'lumki, mazkur xalqaro anjuman Özbekiston Respublikasi Prezidentining   2017 yil 17 noyabrdagi “Özbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom san'ati anjumanini ötkaziş töğrisida”gi qarorlariga  asosan taşkil etilmoqda.

Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi

Bugungi kungaça, dunyonnig 70 dan ortiq davlatidan 300 ga yaqin iştirokçilar tadbirda qatnaşiş istagini bildirgan. Xususan, 29 davlatdan 162 nafar ijroçilar öz san'atlarini namoyon etmoqçi bölsa, 20 ta davlatdan ilmiy-amaliy konferensiyada qatnaşiş uçun murojaat kelib tuşgan. Bundan taşqari, 8 ta davlat vakillari Hakamlar hay'ati a'zoligiga kiritilgan bölsa, 19 ta davlatda ötkaziladigan turli darajadagi festivallar direktorlari ham qatnaşişni niyat qilgan. 17 ta davlat esa mehmon sifatida iştirok etmoqçi. Xalqaro anjumanni yoritiş maqsadida 30 ta davlatdan 40 ga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillarining kelişi kutilmoqda.

Foto: Özbekiston matbuot va axborot agentligi

Xalqaro anjumanni taşkil qiliş va ötkaziş böyiça Taşkiliy qömitaning 2018 yilning 7 avgust kuni bölib ötgan yiğilişida Özbekiston Matbuot va axborot agentligi, Özbekiston milliy axborot agentligi, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi hamda boşqa ommaviy axborot vositalari iştirokida Xalqaro maqom san'ati anjumani Matbuot markazi faoliyati yölga qöyildi.