Jizzax viloyatining Zomin tumanida YuNeSKO va AYSeSKO şafeligi ostida ötkazilgan “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” yakunlandi.
Xalqaro hay’at tomonidan körik-tanlov iştirokçilarining çiqişlari uçta nominatsiya böyiça — “Eng yaxşi maqom ansambli”, “Eng yaxşi yakkaxon çolğu ijroçisi” “Eng yaxşi yakkaxon xonanda” böyiça baholangan. Iştirokçilarning çiqişlarini xalqaro hay’at a’zolari — Tojikistondan Abduvali Abduraşidov, Ozarbayjondan Kerimi Siyavuş Aşraf öğli, Misrdan Aşraf Abdelrahman, AQŞdan Mohsen Mohammadi, Hindistondan Ali Fateh, Turkiyadan Feyzioglu Nesrin va Özbekistondan Isroiljon Vahobov baholab borgan.

Natijalariga köra boş sovrinni Eronning “Fors” ansambli solisti Ali Asğar Arabşohiy qölga kiritgan.
Ansambl jamoasi böyiça 1-öringa Özbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi maqom xonandalari ansambli, 2-öringa Maqom markazi Jizzax viloyati hududiy bölimi maqom ansambli hamda 3-öringa “Şinjon” badiiy teatri “Maqom” badiiy truppasi (Xitoy) munosib körilgan.
Yakkaxon ijroçilik yönalişida 1-örinni Tojikiston milliy konservatoriyasi guruhi solisti Xurşid Iroximzoda, 2-örinni Çidem Gurdal (Turkiya) hamda 3-örinni Ali Amjad Xon (Hindiston) qölga kiritgan.


Ğoliblar pul mukofotlari (boş sovrini 15 ming dollar, 1-örin 10 ming dollar, 2-örin 7 ming dollar hamda 3-örin 5 ming dollar) diplom va statuyetka bilan taqdirlangan.
Anjuman doirasida “Eng yaxşi maqom xonandasi”, “Eng yaxşi maqom sozandasi”, “Eng yaxşi maqom ustozi”, “Eng yaxşi maqom tarğibotçisi”, “Eng yaxşi yoş maqomçi”, “Eng yaxşi maqom bastakori” kabi nominatsiyalar böyiça ham iştirokçilar rağbatlantirilgan.
Ma’lumot uçun, “Xalqaro maqom san’ati anjumani” ikkinçi bor ötkazilmoqda. Anjuman birinçi marotaba 2018 yilda Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz şahrida ötkazilgandi.



















