AQŞ Federal qidiruv byurosi direktori örinbosari Devid Boudiç boşçiligidagi AQŞ delegatsiyasi Özbekistonga taşrifi doirasida joriy yilning 28 avgust kuni Özbekiston Respublikasi boş prokurori O.Murodov tomonidan qabul qilindi. Uçraşuvda AQŞning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi P.Spratlen ham iştirok etdi.

Tadbir iştirokçilari özaro hamkorlikning izçil rivojlanib borayotganini ta'kidladilar. Hamkorlikning ilk bosqiçi sifatida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi va AQŞ FQB örtasida hamkorlik memorandumi imzolanganligi (2017 yil 4 dekabr) qayd etildi. AQŞ FQB delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi huquqiy sohadagi hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş uçun navbatdagi bosqiç bölib xizmat qilişi ta'kidlandi.

Tomonlar terrorizm, ekstremizm, separatizm, giyohvand vositalar aylanmasi, odam savdosi va boşqa transmilliy jinoyatlarga qarşi kuraşiş, şuningdek, jinoyat işlarini tergov qilişda huquqiy yordam körsatiş tartibini soddalaştiriş, prokuratura organlari xodimlarini öqitiş va qayta tayyorlaş böyiça xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş masalalarini muhokama qildilar.