Turkiya Paragvayda öz elçixonasini oçişga qaror qildi. Bu haqda Paragvay taşqi işlar vaziri Luis Kastiloni ma'lum qildi.
Anqara bunday qarorni Paragvay Isroildagi elçixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga köçirişdan voz keçgandan keyin qabul qildi. “Menga Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu qönğiroq qildi va munosabatlarimizni mustahkamlaş hamda savdoni köpaytiriş uçun Paragvayda Turkiya elçixonasi oçilişini ma'lum qildi. Men davlatlarimizni yanada yaqinlaştiradigan bu qarordan minnatdorman”, deb yozgan Kastiloni tvitterda.
Bundan avval Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Paragvay qaroriga javoban uşbu mamlakatdagi elçixonaning yopilişiga körsatma bergan.












