Tojikiston Respublikasi Söğd viloyatida Samarqand viloyati kunlari bölib ötdi. Yodingizda bölsa, şu yilning 20-22 aprel kunlari ham Samarqand viloyatida Söğd viloyati bilan hamkorlikda biznes forum bölib ötgan edi. 7-9 sentabr kunlari ana şunday javob uçraşuvi Tojikistonning Söğd viloyatida ham taşkillaştirildi.
Samarqand viloyati delegatsiyasi ikki guruhga bölinib, «Oybek»-«Fotehobod» va «Jartepa»-«Sarazm» nazorat ötkaziş-punktlari orqali Söğd viloyatiga yöl olişdi. Çegarada söğdliklar samarqandlik mehmonlarni juda qizğin kutib olişdi.




Xöjand şahrida taşkillaştirilgan tadbir ham turli uçraşuvlarga boy böldi. Xususan, «Xöjand» va «Dinamo» futbol klublari örtasida örtoqlik uçraşuvi taşkillaştirildi. 25 ming tomoşabin taşrif buyurgan uçraşuv döstona 1:1 hisobida yakun topdi.
Xöjanddagi sport saroyida samarqandlik va söğdlik tadbirkor va işbilarmonlar, korxona va taşkilotlar tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar körgazmasi bölib ötdi. Ikki viloyat işbilarmonlari örtasida biznes forum taşkillaştirildi.

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boşçiligidagi delegatsiyani qabul qilar ekan, Söğd viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda çegaralar oçilgan har ikki viloyat örtasidagi aloqalar kundan kunga mustahkamlanib, bordi-keldi köpaygani, Söğdda samarqandlik işbilarmonlar bilan köplar hamkorlikdagi loyihalar işlayotganini aytib ötdi.


Qariyb 20 yillik tösiq va qiyinçiliklardan söng ikki qardoş xalqning bir biriga quçoğini oçişi, har jabhada bordi-keldi köpayayotgani eng avvalo oddiy xalqni mamnun etmoqda. Bu eng avvalo ikki davlat rahbarining siyosiy irodasi mahsuli ölaroq röyobga çiqqani qöşni viloyatlar rahbarlarlari tomonidan alohida zikr etildi.
Oddiy xalqning yaxşi qöşniçilik aloqalaridan bahramand bölişiga katta e'tibor qaratilişi ta'kidlandi va buning isboti sifatida Söğd viloyatining Panjakent şahridan Samarqand şahriga muntazam avtobus qatnovi yölga qöyilgani ham e'lon qilindi.
Viloyatlarni boğlab turuvçi çegara nazorat ötkaziş punktidan bir kunda har ikki tomondan qariyb 2 yarim ming kişidan ötib qaytayotgani ta'kidlab ötildi.
Aprel oyida Samarqandda taşkillaştirilgan biznes forumdan söng Söğd viloyatida Samarqandning bir neça işlab çiqariş korxonalari muvaffaqiyatli iş boşlagani ham qayd etib ötildi.
Öz navbatida E.Turdimov qizğin kutib oliş marosimi uçun taşakkur bildirib, qadimiy Söğd zaminida uçraşib turişganidan xursandligini izhor etdi va kelgusida barça sohalarda hamkorlik yanada mustahkamlanişiga umid bildirdi.


R.Ahmadzoda ikki davlatning yaşaş tarzi, kelajakdagi rejalari, barça sohadagi fikrlari muştarak ekanligini aytib, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaş, bu borada huquq-tartibot idoralarining ham hamkorligini izçil yölga qöyiş zarurligini ta'kidlab ötdi.
Har ikki viloyat rahbarlari şundan söng Xöjanddagi sport saroyida ötkazilayotgan mahsulotlar körgazmasida tadbirkor va işbilarmonlarni qutlab, sanoat mahsulotlari bilan yaqindan tanişişdi.






Söngra mezbonlar va samarqandlik mehmonlar Ismoil Somoniy va Rödakiy haykali poyiga gullar qöyişdi.


Har ikki viloyat işbilarmonlari iştirokida biznes forumning oçilişi bölib ötdi. Viloyatlar rahbarlari u yerda ham çiqiş qilib, özaro hamkorlikni yölga qöyiş niyatida bölgan işbilarmonlarga muvaffaqiyatlar tilaşdi.
Samarqand viloyati delegatsiyasi a'zolari Xöjand erkin iqtisodiy zonasida bölib, bu yerda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanişişdi.


Keçqurun Xöjanddagi Kamol Xöjandiy maydonida Tojikiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bağişlangan bayram tantanalari bölib ötdi. Mahalliy rahbarlar bilan bir qatorda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ham qöşni birodar xalq aholisini istiqlol ayyomi bilan muborakbod etdi.





Ertasi kuni delegatsiya a'zolariga Xöjandning diqqatga sazovor joylari böylab ekskursiyalar uyuştirildi. Sport saroyida esa har ikki davlat işbilarmonlari va tadbirkorlari, korxona va taşkilotlari örtasida bitim va memorandumlarni imzolaş marosimi ham bölib ötdi.



Xabar qilinişiça, biznes forum doirasida 70 million dollardan ortiq mahsulot sotiş va ayriboşlaş böyiça şartnoma va anglaşuv bitimlari imzolangan. Albatta, bunday tadbirlar ikki qardoş xalq örtasidagi hamkorlik va jipslaşuvning yanada mustahkamlanişiga xizmat qilişi aniq. Bu uçraşuvlar davomida ham bot-bot takrorlanib turdi.
Şuhrat Şokirjonov,
Kun.uz muxbiri











