Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugidagi Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlariga qaraşli harbiy qismda amaliy parvoz maşqlari ötkazildi.
«Samo loçinlari Xonobod qörğonçasida joylaşgan harbiy aerodromda SU-25, SU-27 va MIG-29 jangovar qiruvçi samolyotlari yordamida kunduzgi va tungi maşqlarni bajardi.
Oxirgi yillarda Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlarini yanada takomillaştiriş, harbiy uçuvçilarning professionallik darajasini oşiriş, aviatsiya hamkorligidagi dala-öquv maşğulotlarini real vaziyatlarga yaqinlaştirgan holda olib boriş va uning imkoniyatlaridan unumli foydalaniş böyiça samarali işlar qilindi», deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Har bir amaliy maşqlarga kirişişdan oldin uçuvçilar öşa maşqni parvoz qilişi közda tutilgan hududning 3D formatidagi elektron tasvirda zamonaviy simulyatsiya trenajyorlari yordamida maşq qilişadi.
Mahoratli va tajribali harbiy uçuvçilar samoda turli usullarni qöllab, yerdagi berilgan nişonlarni yakson qildi. Jangovar qiruvçi samolyotlar qöniş yölagiga kirganda, ma'lum muddatdan keyin ular orqasidan paraşyut oçilib, uçiş apparatlari töxtaşini sekinlaştirişga yordam beradi. Harbiy uçuvçilar buni «tormozlaş paraşyuti» deb ataşadi.

Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlari şaxsiy tarkibi qöşin va moddiy vositalarni havo orqali taşiş, havo razvedkasini yuritiş, muhim obektlarni duşmanning havodan beradigan zarbasidan himoya etiş, samodan turib duşmanning aviatsiya va quruqlikdagi qöşinlarini yakson qiliş, davlat va harbiy-boşqaruv tizimi, frontorti va harbiy-iqtisodiy qudratga molik obektlarni, transport kommunikatsiyalarini aviatsion jihatdan qöllab-quvvatlaş kabi vazifalarni bajaradi.

«Mazkur maşğulotlarda ham mahoratli uçuvçilar amaliy könikmasini mustahkamlab, milliy armiyamiz jangovar şayligi va qudratini oşirişga, samo sarhadlarimiz musaffoligini ta'minlaşga doim jangovar şay ekanligini isbotlaşdi», deyilgan xabarda.











