KUN.UZ tahririyati yurtimizdagi özlari işlab çiqarayotgan mahsulot va xizmatlarni xorijiy davlatlarga eksport qilayotgan korxonalar va tadbirkorlarga yordam beriş maqsadida yangi iqtisodiy loyihaga asos solganidan xabaringiz bor.

Eksport böyiça mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi «Alimkhan Exim Group» taşqi savdo va konsalting kompaniyasi asosçisi Akmalxon Olimxonov bilan birgalikda mahsulotlar eksportiga bağişlangan maxsus video lavhalarimiz berib borilmoqda.
Oldingi saboqlar:
- Mahsulotni eksportga tayyorlaş
- Çet el xaridorini qanday topiş mumkin?
- Reklama, tender va tijorat takliflari
- Xorijlik xaridorlar bilan muzokaralar qanday olib boriladi?
Iqtisodiy saboqlarning navbatdagisida logistika mavzusini örganib çiqamiz.
Logistika — eksportning muhim bir qismi. Çunki transport xarajatlari mahsulotning şartnoma narxiga sezilarli darajada ta'sir qiladi. Hatto mahsulotingiz yuqori sifati bölganida ham uning narxi transport xarajatlarini inobatga olgan holda, raqobatdoş böla olmasligi mumkin. Bu holatni eksporter yurtdoşlarimiz inobatga olişlari darkor, çunki ularning hamkorlari (agar Yevropa, Osiyo, Osiyo-Tinç Okean mintaqasi bölsa) Özbekiston çegarasidan bir neça ming km uzoqlikda joylaşgan.
Transport xarajatlarini minimal darajaga olib keliş uçun köp narsani hisobga olişingiz kerak. Agar şartnoma böyiça yukni yetkaziş vazifasini olgan bölsangiz transport-logistika kompaniyalari bilan yaxşi hamkorlik munosabatini örnatişingiz lozim. Ular bilan eksport logistika detallarini maslahatlaşingiz kerak. Şu bilan birga siz eksport yukini transportirovkasi böyiça uning narxi, yetkaziş vaqti va boşqa omillarning bir neça variantlarini aniqlaş va muxokama qilişingiz kerak.













