KUN.UZ tahririyati yurtimizdagi özlari işlab çiqarayotgan mahsulot va xizmatlarni xorijiy davlatlarga eksport qilayotgan korxonalar va tadbirkorlarga yordam beriş maqsadida yangi iqtisodiy loyihaga asos solgani haqida avval ham xabar bergan edik.

Videoloyihaning navbatdagi sonida ham eksport böyiça mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi «Alimkhan Exim Group» taşqi savdo va konsalting kompaniyasi asosçisi Akmalxon Olimxonov bilan birgalikda mahsulotlar eksporti mavzusida söz yuritiladi.

Navbatdagi mavzu «Xorijlik xaridorlar qanday topiladi?», deb nomlanadi. Bu köpçilik uçun eng zarur, dolzarb va hammani qiziqtiradigan savoldir.

Aslida, xaridor topiş oson iş emas. Buning uçun ozmi-köpmi harakat, qolaversa, xarajat qiliş kerak. Çunki mahsulotingiz xaridorga yoqib, «böldi olaman», deyişi bu 50 foiz yutuqdir. Mahsulotingiz haqida çet ellik xaridor eşitmagan bölsa, kelib mahsulotingizni söraşini kutib ötiriş befoyda.

Mahsulotni çet el bozorida imkon qadar reklama qiliş kerak, u yerdagi savdogarlarga şunday mahsulot borligini bildiriş kerak. Birinçi navbatda, mahsulotni qayerda taklif qiliş kerakligini aniqlab oliş lozim va öşa mamlakatni örganiş kerak: qay biriga kirsa böladi? Çunki taşqi bozorini puxta örganmoqlik xalqaro savdoda eng muhim element hisoblanadi va bundan siz faqatgina yutasiz va ortiqça xarajatlardan holi bölasiz.

Dunyoda 200ga yaqin mamlakat mavjud. Şundan qaysi biriga eksport qilişingiz mumkinligini aniqlab oliş va harakatingiz aynan şu bozorga qaratilgan bölişi kerak.

Videoloyihada quyidagi mavzular böyiça söz borgan:

1. Taşqi bozorni örganiş

  • Asosiy bozorlarni yuzaki örganiş va mintaqani aniqlaş.
  • Tanlangan mintaqaviy bozorni çuqur örganiş
  • Aniq bozor yoki mamlakatni tanlaş.

2. Çet eldagi hamkor bilan aloqa örnatiş

3. Çet el hamkorini qidiriş uçun kimga murojaat qilsa böladi?