KUN.UZ tahririyati yurtimizdagi o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va xizmatlarni xorijiy davlatlarga eksport qilayotgan korxonalar va tadbirkorlarga yordam berish maqsadida yangi iqtisodiy loyihaga asos solganidan xabaringiz bor.

Eksport bo‘yicha mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi «Alimkhan Exim Group» tashqi savdo va konsalting kompaniyasi asoschisi Akmalxon Olimxonov bilan birgalikda mahsulotlar eksportiga bag‘ishlangan maxsus video lavhalarimiz berib borilmoqda.

Oldingi mavzularimiz eksportga tayyorgarlik va xaridor izlashga qaratilgan edi. Endi navbat — o‘sha izlanishlar natijasida topilgan chet ellik xaridorlar bilan muzokaralar olib borishga bag‘ishlanadi.
 

Xaridor sizning mahsulotlaringizga qiziqishi bilan, aloqaga chiqadi va u bilan muzokaralar boshlanadi. Bunda sizning eksportchi sifatida, shartnoma tuzishgacha bo‘lgan har bir bosqichda o‘zingizning tashabbusingiz juda muhim rol o‘ynaydi. Bunga takliflarni yuborishingizdan to shartnomagacha bo‘lgan barcha xatti-harakatlar kiradi.

Muzokaralarni iloji bo‘lsa o‘zingiz yoki ishonchli vakilingiz davom ettirsin. Muzokaralar turli aloqa vositalari bilan amalga oshadi:

• Elektron pochta orqali (yozishmalar);

• Telefon orqali

• Internet aloqa vositalari orqali (Skype, Viber, Imo, Watsapp, WeChat, Google Talk, Facebook messenger va hokazolar);

• va yuzma-yuz uchrashuvlar orqali.

Ye-MAIL YoZIShMALAR: Ularga qanday javob qaytarish kerak?