Kun.uz tahririyati yurtimizdagi özlari işlab çiqarayotgan mahsulot va xizmatlarni xorijiy davlatlarga eksport qilayotgan korxonalar va tadbirkorlarga yordam beriş maqsadida yangi iqtisodiy loyihaga asos solgani haqida avval ham xabar bergan edik.
Videoloyihaning navbatdagi sonida eksport böyiça mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi «Alimkhan Exim Group» taşqi savdo va konsalting kompaniyasi asosçisi Akmalxon Olimxonov bilan birgalikda mahsulotlar eksporti mavzusida söz yuritilgan va uning birinçi qismi e'tiboringizga havola etilgan edi.
«Xorijlik xaridorlar qanday topiladi?» deb nomlangan umumiy mavzuning ikkinçi qismida quyidagi mavzular atrofida söz boradi:
- Reklama. Çet ellik hamkorni tezlik bilan topmoqçimisiz? Unda mahsulotingizni barça mavjud bölgan yöllar bilan reklama qilişga urining! Eng qiziqarli fakt, bu içki bozorda beriladigan reklamaning samarasi, taşqi bozordan talab kuçayişiga yordam beradi.
- Elektron e'lonlar peştaxtalari. Elektron e'lonlar peştaxtasi ham oddiy e'lonlar osiladigan peştaxtadan vazifasi jihatdan katta farq qilmaydi. Bu oddiy sayt bölib öz mahsulotini sotişni istagan odam e'lon beradi va sotib olmoqçi bölgan xaridor e'londan habardor böladi.
- Tijorat takliflari. U qanday tuziladi?
- Maxsus xaridor manbaalari. Köpçilikning xabari yöq, lekin xaridorlar bazasini sotadigan maxsus pullik manbalar xam bor. Misol uçun: www.kompass.com, www.export-base.ru ga kirib, tovar turkumini tanlaysiz va korxonalar soniga qarab robot summasini hisoblab beradi.
- Sovuq qönğiroqlar. Sovuq qönğiroqlar, boşqaça aytganda telefon spami deyiladi, bu – mahsulot yoki xizmat turini reklama qiliş maqsadida ketma-ket ravişda xaridorlarga qönğiroq qilib çiqişga aytiladi.
- Tenderlar. Ularda qanday qatnaşiş mumkin? Tender – bu raqobatçilar orasida eng arzon narxni tanlab olişdir. Köpgina xorijiy korxonalar katta hajmdagi tovarlar xaridlarini faqatgina tender asosida amalga oşiradilar. Şuning uçun ularni qöldan boy beriş kerak emas.











