Keyingi paytlarda Özbekistonda iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar natijasida mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilayotgan korxonalar va tadbirkorlar soni tobora ortib bormoqda.

Kun.uz tahririyati ana şunday foydali işlab çiqariş işlari bilan band hamyurtlarimizga yordam beriş maqsadida yangi iqtisodiy loyihaga asos soldi. Uning dastlabki sonida eksport böyiça mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi «Alimkhan Exim Group» taşqi savdo va konsalting kompaniyasi asosçisi Akmalxon Olimxonov bilan birgalikda mahsulotlar eksportiga bağişlangan maxsus video lavhalarimizni boşladik.

Har qanday tadbirkor öz mahsulotini çetga çiqarmoqçi bölsa uning oldida bir qator savollar turadi:

  • Mahsulotim eksportga tayyormi?
  • Narx belgilayotganda nimalarni hisobga olay?
  • Xaridorni qanday topişim kerak?
  • Eksport şartnomasi qanday böladi?
  • Transport turlari va ularga mahsulotlar qanday yuklanadi?
  • Neçta hujjat, sertifikat kerak böladi va bojxona masalalari.

Turkum körsatuvlarimizning birinçi soni mavzusi “Mahsulotni eksportga tayyorlaş” deb nomlangan. Körsatuv davomida mavzu quyidagi savollarga bölib çiqilgan illyustrativ tarzda savollarga javob berilgan:

  • Mahsulot eksportbopmi yoki uni qanday qilib eksportga tayyorlaşimiz kerak?
  • Mahsulotning narxi (bahosi)
  • Sifatga bölgan talablar
  • Brend yoki savdo belgisi
  • Markirovka (belgi qöyiş)
  • Qadoqlaş (öraş)
  • Kafolat va xizmatlar körsatiş
  • TIF TN KODI. U nima va qanday aniqlanadi?