Isroil tomoni taşabbusi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda isroilliklar boş vaziri Binyamin Netanyahu örtasida telefon muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Isroil boş vaziri yana bir marta 17 sentabr kuni Suriyada Rossiyaning Il-20 samolyoti halokatga uçraşi munosabati bilan hamdardlik bildirdi», deyiladi xabarda.

«Rossiya tomoni aynan Isroil Harbiy havo kuçlarining harakatlarini fojianing asl sababi deb hisoblaydi», deya qayd etiladi xabarda.

Kreml matbuot xizmati ma'lumotiga köra, «Vladimir Putin Rossiya Suriya havodan mudofaa tizimi murakkab vaziyatlarda töğri reaksiya berişi uçun uning imkoniyatlarini kengaytirişga qaror qilganiga urğu qaratgan». Xabarda qayd etilişiça, S-300 rossiyalik harbiylarning hayotiga ehtimoliy xavflarga qarşi qaratiladi.

Isroil hukumatidagi manba xabariga köra, Netanyahu Il-20 halokatida Suriya armiyasi va Eronni ayblagan.

Qayd etilişiça, Netanyahu «Eron agressiyasi» Suriyadagi barqarorlikka putur yetkazayotganini ta'kidlagan.

24 sentabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu Rossiya ikki hafta içida Suriyaga S-300 raketa majmualari yetkazib berişi haqida ma'lum qildi.

2010 yili Rossiya va Suriya S-300 tizimi böyiça şartnoma tuzgandi. 2013 yilda Isroil tomoni iltimosi bilan Suriyaga S-300 majmuasini yetkazib beriş töxtatilgan edi. 

«Bugun esa vaziyat özgardi. Bunga biz aybdor emasmiz. Uşbu çoralar «qizigan boşlar»ni sovitişi va harbiy xizmatçilarimiz uçun xavf tuğdiruvçi bemulohaza xatti-harakatlardan tiyişiga işonç bildiramiz. Yöqsa vaziyatdan kelib çiqib çora körişga majbur bölamiz», dedi rossiyalik vazir.

Uşbu majmua 250 kilometrdan ortiq masofada havo hujumi vositalarini töxtatib qolişga va bir vaqtda bir neçta nişonlarni urişga qodir. Şuningdek, Suriya harbiylari bu tizim orqali rossiyalik harbiylarning samolyotlarini oson aniqlay olişi mumkin. 

Qayd etiş kerakki, bu qaror 17 sentabr kuni Rossiyaning Il-20 rusumli razvedkaçi samolyoti Suriya havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilişiga javoban qabul qilindi.

Rossiya tomoni Il-20 halokatida Isroilni aybladi. Isroilning F-16 samolyotlari xuddi şu vaqtda Lataqiyani bombardimon qilgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotiga köra, Suriya javob zarbasi yöllaganida isroillik harbiy uçuvçilar Rossiya samolyoti ortiga bekinib, bu samolyotni zarba yöliga qöyişgandi. Halokat oqibatida rossiyalik 15 nafar harbiy nobud böldi.

Isroil armiyasi esa bu fojiada «Hizbulloh»ni ayblamoqda.