Ispaniya çempionatida 28-30 sentabr kunlari mobaynida 7-tur uçraşuvlari ötkazildi. Bu turda ham çempionat favoritlari oçko yöqotişdi, «Real» va «Atletiko» örtasidagi Madrid derbisida hisob oçilmay qolgan bölsa, «Barselona» «Atletik»ka qarşi öyinda oçko yöqotdi. Kataloniyaliklar jamoasi qatorasiga uçinçi öyinda ğalaba qozona olmayapti. «Tribuna» tur voqealarini keltirib ötadi.
MeSSI VA MUNIR QUTQARDI

«Barselona» - «Atletik» - 1:1 (0:1)
Gollar: De Markos, 41 (0:1). El-Haddodiy, 84 (1:1).
«Barselona»: ter Ştegen, Semedu, Pike, Langle, Jordi Alba, Serxi Roberto (Buskets, 51), Rakitiç, Vidal (Messi, 55), Dembele (El-Haddodiy, 80), Suares, Koutinyu.
«Atletik»: Simon, De Markos, Inigo Martines (Nolaskoayn, 23), Alvares, Balensiaga, Raul Garsiya, Dani Garsiya, Eçevarria (San-Xose, 67), Susaeta, Inyaki Uilyams (Aduris, 79), Berçiçe.
Ogohlantirişlar: Alvares, 48. Rakitiç, 78. Buskets, 89. Dani Garsiya, 90.
Hakam: Xayme Latre (Ispaniya).
29 sentabr. Barselona. «Nou Kamp» stadioni.
Yumtitisiz
Keyingi haftalarda «Barselona» öyinida pasayiş kuzatilmoqda. Çempionatning 5-turida «Jirona»ga qarşi öz uyida keçgan uçraşuvda ğalaba qozona olmagan (2:2) kataloniyaliklar jamoasi 6-turda autsayder «Leganes»ga safarda yutqazdi (1:2). Faqat ta'qibçi jamoalar ham oçko yöqotişi Ernesto Valverde şogirdlariga turnir jadvalida öz örnini saqlab qolişiga imkon berdi.
Ayni vaqtda jamoa, ayniqsa himoya çiziği - çempion jamoanikidek emas. Ikki öyinda ham Pike öta qöpol xatolarga yöl qöydi va bu xatolar gollar bilan tugadi, «Leganes»ga qarşi öyinda ham Fermalen golga sababçi böldi. Jamoaning markaziy himoyaçisi Yumtiti tizzasidagi jarohat tufayli «Atletik»ka qarşi öyinni ötkazib yubordi, u YeÇL doirasida «Tottenhem»ga qarşi öyinda ham maydonga tuşmaydi.
Messi va Busketssiz
Çempionlar ligasi öyinlari yaqinlaşayotgani tufayli 2 oktabr kuni Londonda «Tottenhem»ga qarşi keçadigan öyindan avval Valverde kutilmagan qaror qabul qildi. U basklarga qarşi öyinda Messini va Busketsni zaxirada qoldirdi. Ötgan mavsumda ham argentinalik futbolçi rotatsiya qilingan, u barça turnirlar hisobga olinganda 6 marta zaxirada qoldirilgandi. Bu esa hisoblarda aks etgan, Leo qatnaşmagan 6 öyinda 4 durang va 2 ğalaba qayd etilgan.
«Basklar»ga qarşi öyin arafasida Valverde özining sobiq jamoasini osonlik bilan mağlub etişni közlagan körinadi. Statistika ham «Atletik» «Barselona» uçun u qadar kuçli raqib emasligini körsatadi - bilbaolik «şerlar» «Kamp Nou»da uzluksiz 14 öyinda mağlub bölişgan, bu jamoa oxirgi marta Kataloniya poytaxtidan 2004 yilning yanvarida oçko olib qaytgan (1:1).
Gollarsiz
Öyinni özining asosiy yulduzlarisiz boşlagan bölişiga qaramasdan, «Barselona» ilk daqiqalardanoq mehmonlarni qamal qila boşladi. Eduardo Berisso qöllamoqçi bölgan pressing jamoaga ta'sir qilmadi. Argentinalik bu murabbiy özining «Selta»si bilan kataloniyaliklarni keyingi yillarda eng şarmandali hisoblarda mağlub etgan murabbiy hisoblanadi. U vigoliklar boşqaruvida ekanida «Barselona»ni 4:1 (2015-16 yilgi mavsum) va 4:3 (2016-17) hisoblarida mağlubiyatga uçratgan. U boşçiligidagi basklar himoyani mustahkam uşlaşdi. Suaresning jarima zarbasi, Rakitiçning uzoqdan bergan zarbasi, Koutinoning öz uslubida yöllagan zarbasi - barçasi besamar ketardi.
Leoning çiqişi

Ikkinçi bölim boşida «Barselona» öyinni kuçaytirmasdan, natijaga erişa olmasligi ma'lum bölib qoldi. Mehmonlar bu vaqtga kelib hisobda oldinga çiqib olişgan, tanaffus arafasida Susayetaning sa'y-harakatlaridan keyin De Markos ter Ştegenni doğda qoldirgandi. Ikkinçi bölim boşida çöloqlangança maydonni tark etgan Serxio Roberto örnini Serxio Buskets egalladi, köp ötmay Vidal örniga Messi öyinni davom ettirdi. Şundan söng, «Atletik» jarima maydonida voqealar rivoji tezlaşdi. Lekin vunderkind darvozabon Simon Suaresning ham, Koutinoning ham zarbalarini işonç bilan qaytarib yuboraverdi.
Qutqaruvçi Munir
Eng asosiysi Messining özi ham heç qanaqasiga gol ura olmadi. Uning jarima nuqtasidan yöllagan zarbasini burçakka kirib ketayotgan çoğida De Markos qaytarib yubordi. Ammo Messini qaytarib bölmasdi, u Suaresning u qadar qulay yetkazilmagan pasini maydon çiziğida töxtatib qoldi va darvoza röparasida turgan Munirni (u 80-daqiqada Dembele örniga tuşirilgandi) topdi. Yoş hujumçi esa xato qilmadi va «Barsa»ni mağlubiyatdan qutqarib qoldi.
Buni töla ma'noda qutqariş deb ham bölmaydi. Kataloniyaliklar oxirgi 3 öyinda 9 örniga atigi 2 oçko jamğardi - mavsum starti kök-anorranglilarga çempionlik va'da qilmayapti.
GOLSIZ MADRID DeRBISI

«Real» - «Atletiko» - 0:0
«Real»: Kurtua, Karvaxal, Varan, Serxio Ramos, Naço, Kroos, Kazemiru, Modriç (Vaskes, 82), Beyl (Sebalos, 46), Benzema (Vinisius Junior, 88), Asensio.
«Atletiko»: Oblak, Xuanfran, Godin, Ximenes, Filipe Luis, Koke, Saul, Ernandes (Kaliniç, 85), Lemar (Korrea, 60), Grizmann, Diyegu Kosta (Partey, 69).
Ogohlantirişlar: Karvaxal, 30. Xuanfran, 48. Lemar, 59. Serxio Ramos, 61. Koke, 70. Naço, 90+2. Korrea, 90+3.
Hakam: Martines Munuera.
29 sentabr. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.
Derbida tarozi pallasi oğişi
«Atletiko» 14 yil davomida derbida ğalaba qozona olmagan davrlar olis ötmişda qolgan. «Santyago Bernabeu» tribunalarida «Derbi uçun munosib raqib izlaymiz» yozuvlari bölgan plakatlar ham osilmay qöygan. Jamoalarning La Liga doirasida «Santyago Bernabeu»da ötgan oxirgi 5 uçraşuvida mezbonlar ğalaba neligini bilişmadi - 3 mağlubiyat va 2 durang. Diyego Simeone boşçiligidagi «atletlar» «Real»ni jilovlay olişdi.
Yevropadagi qarama-qarşilik
2014 va 2016 yillarda YeÇL finalida «Real» «Atletiko»ni mağlub etib, boş sovringa ega çiqqan. Ammo «Qirollik klubi» bu bilan xalqaro maydonda ustunlik qilib qolmaydi. Şu yil yozida Simeone jamoasi Yevropa Superkubogi uçun bahsda Xulen Lopetegi jamoasini osonlik bilan mahv etişgandi - 4:2. «Matrasçilar» ilk marta yevrokubokni qöşnilardan tortib olişdi. Şu tufayli barça bu ikki jamoaning La Liga doirasidagi ilk bahsini sabrsizlik bilan kutmoqda edi - «Real»ning öz maydonida «Atletiko»ga qarşi ğalabasiz seriyasi davom etadimi yoki «atletlar» nihoyat taslim bölişadimi?
Marselo va Iskosiz
Madrid jamoalari şanba kungi öyinga turli xil kayfiyatda taşrif buyurişgandi - «Real» biroz avvalroq, hafta örtasida ötkazilgan tur öyinida «Sevilya»dan yirik hisobda mağlub bölgandi (0:3), «Atletiko» esa qatorasiga ikki öyinda 6 oçko olgan va 5 gol urib, bitta ham gol ötkazmagandi. Maydon egalari safida tarkibda ham muammolar bor edi, Isko köriçak tufayli safdan çiqqan, Marseloning oyoq muşaklari şikastlangandi. Jamoaning asosiy hujumçisi Benzema esa 4 öyindan buyon gol urolmayotgandi. Mehmonlar bu vaziyatni körib, bilib turişgandi.
Darvozabonlar uçun öyin

«Atletiko» öyinni faol boşladi, ammo tanaffusga qadar barça urinişlarni Kurtua zoye ketkazdi. Belgiyalik darvozabon endi «matrasçilar»ning zarbalarini qöllari bilan ham, oyoqlari bilan ham, yuzi bilan ham qaytarib, maydon egalarini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Oblak esa maydonda u qadar köp iş qilmadi, unga faqat jarohat olguniça Beyl muammo yaratib turdi.
Ikkinçi bölimda Asensio bir qança xavfli vaziyatlar yaratdi. «Real» ikkinçi bölim örtalarida raqibning közini oçirmay qöydi, şunday vaziyatlardan birida Asensio darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib bordi, ammo darvozabon dohiyona harakat qildi va zarbani bartaraf etdi.

Vinisiusning debyuti

Maydon egalari faollikni oşirganida bu işda jamoaning yangi futbolçisi, derbi öyinida debyutini amalga oşirgan Vinisius Junior ham iştirok etdi. U oxirgi 2 oy davomida «Real» örinbosarlari safida ajoyib öyinlar ötkazgandi. Ammo u ham «Atletiko»ni mağlub etişda yordam bera olmadi.
«Qirollik klubi» La Liga öyinlari doirasida öz maydonida ötkazilgan qatorasiga oltinçi derbi öyinida ham ğalaba qozona olmadi. Çempionat yetakçilari yana oçko yöqotişdi lekin «Barselona» ham, «Real» ham 14tadan oçkoga ega bölgan holda birinçi va ikkinçi örinlarni saqlab qolişdi.
«Valensiya» nihoyat ğalaba qozondi

«Real Sosedad» - «Valensiya» - 0:1 (0:1)
Gol: Gameyro, 36.
Aniq ijro etilmagan penalti: Villian Joze, 67 (darvozabon)
«Real Sosedad»: Moyya, Navas, Saldua (Ramires, 46), Elustondo, Rodriges, Surutusa, Ilyarramendi, Merino (Pardo, 16), Subeldiya, Villian Joze, Oyarsabal (Bautista, 76).
«Valensiya»: Netu, Gabriel Paulista, Vezu, Diakabi, Lato, Parexo, Kondogbiya (Kokelen, 76), Soler, Gameyro, Çeryşev (Gonsalu Gedeş, 60), Batşuayi (Rodrigo, 68).
Ogohlantirişlar: Lato, 9. Çerişev, 45+1. Subeldiya, 63. Gabriel Paulista, 70. Elustondo, 80. Netu, 90+2. Ramires, 90+3. Vezu, 90+3.
Hakam: Xil Mansano (Ispaniya).
29 sentabr. San-Sebastyan. «Anoeta» stadioni.
Ğalabasiz seriya
Ötgan 6 tur davomida Ispaniyada deyarli barça jamoa ğalaba ta'mini totib körişgandi. Primera debyutanti «Ueska» birinçi turdayoq «Eybar»ni mağlub etgan (2:1), turnir jadvalining oxirgi örnidagi «Leganes» esa 6-turda «Barselona» darvozasiga 69 soniya içida 2 gol urib, ğalabaga erişgandi (2:1). Hatto, 5 öyinda 15 gol ötkazgan «Rayo Valekano» ham «Ueska»ni mağlub etişga ulgurgandi. Faqat Marselinoning «Valensiya»sida, ötgan mavsumda «Barselona»ning asosiy ta'qibçisi bölgan jamoada ğalabalar grafigida nol raqami turardi.
Endi birinçi planda - Gedeş
Ispaniyada «körşapalaklar» jamoasining kutilmagan muvaffaqiyatsiz starti çempionat öyinlarida portugaliyalik Gonsalu Gedeşning yöqligi bilan boğlanmoqda. U ötgan mavsumda jamoaning asosiy yetakçilaridan biri bölgan futbolçi «PSJ»ga qaytgan, uning örniga rossiyalik Denis Çerişev tarkibga jalb etilgandi. Ammo Gedeş «PSJ» bilan kelişolmadi va oxirgi pallada yana Ispaniyaga qaytdi. U startdagi 3 turni ötkazib yuborgaç, keyingi ikki turda ham zaxirada qoldi va öyinga ikkinçi bölimda qöşilib, formasini tiklay boşladi. U nihoyat «Selta» bilan öyinda boşlanğiç tarkibda paydo böldi va şu zahoti golli hujumda iştirok etdi (Batşuayiga golli pas berdi). Endi barça Valensiya derbisidagi gollardan biriga pas bergan Çerişevni unuta boşladi.
Ammo startda - Denis
Endi ispan naşrlari muhokamasida şu mavzu: Marselino qaysi futbolçini tanlaydi - ötgan mavsum qahramoni Gedeşnimi yoki La Ligada köp yillik tajribaga ega Çerişevni? Yangilangan «Anoeta»dagi öyinni boşlanğiç tarkibda Denis boşladi. Balki Marselino Gedeşni Çempionlar ligasida «Mançester Yunayted»ga qarşi keçadigan safar öyini uçun asragandir?
Quyoşli futbol
Öyin kunduzgi vaqtda ötkazildi - köp futbolçilar erinçoqlik bilan harakatlanişdi. Valensiyaliklar birinçi bölimni asosan kiçik follar bilan ötkazişdi va raqibga hujum qilişga imkon berişmadi. Vaziyatlardan birida Diakabi töpni raqibga topşirib qöydi va gol bölişiga bir baxya qoldi.
Bölimning ikkinçi qismida futbolçilar uyğona boşlaşdi. Parexo, Çerişev va Gameyro kombinatsiyasi gol bilan yakunlandi. Bu gol valensiyaliklarga mavsumdagi ilk ğalabani taqdim etdi. Endilikda jamoa 7 turdan keyin 8 oçko jamğargan holda turnir jadvalida 14-öringa kötarilgan.
«Sevilya» uçinçi öringa çiqdi

Eybar – Sevilya 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar: 0:1 – 47 Andre Silva, 0:2 – 59, penalti Banega, 0:3 – 90 Banega, 1:3 – 90 Jordan.
Eybar – Dmitroviç, Penya, Ramis (Arbilya, 83), Bigas, Xose Anxel, Orelyana, Diop, Alvares (Jordan, 69), Ervias, Enrik, Kike (Şarles, 69).
Sevilya – Vatslik, Karrisu, Ker, Gomes, Navas, Sarabiya (Mesa, 73), Banega, Vaskes, Arana, Ben-Yyedder (Promes, 83), Andre Silva (Muriel, 90).
Ogohlantirişlar: Ramis (17), Orelyana (56), Banega (80), Vaskes (89), Arana (90).
Andre Silva Ibrahimoviçdek
Ispaniya çempionatida töpurarlar röyxatini boşqara boşlagan Andre Silva asr rekordini takrorlamoqda. Uning özi ötgan yili «Milan»da hamda Zlatan Ibrahimoviç La Ligadagi startda qatorasiga 7 turda 7 gol ura olgandi.

Ötgan turda «Real»ni mağlub etgan «Sevilya» şu ruhda davom etdi va «Eybar» darvozasiga ham 3ta gol urdi. Faqat öyinda kiçik noxuş hodisa röy berdi. Öyin oxirida Banega urgan uçinçi goldan keyin tribunadagi muxlislar golni nişonlaş çoğida tösiqni buzib yuborişdi. Tösiq balandda bölmagani tufayligina heç kim jiddiy jabrlanmadi, faqat ikki muxlis şifoxonaga olib ketildi. Bu hodisa tufayli 10 daqiqadan ortiqroq tanaffus yuzaga keldi.
«Sevilya» esa navbatdagi ğalaba evaziga oçkolari sonini 13taga yetkazgan va turnir jadvalida uçinçi öringa kötarilgan.
Tur öyinlari
28 sentabr
Rayo Valekano – Espanol 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 6 de Tomas, 1:1 – 19 Iglesias, 1:2 – 45 Granero, 2:2 – 47, penalti Kakuta.
30 sentabr
Levante – Alaves 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar:0:1 – 5 Sobrino, 1:1 – 19 Jyeyson, 2:1 – 36 Tono.
Betis – Leganes 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 89 Moron.
Ueska – Jirona 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 37, penalti Stuani, 1:1 – 72, penalti Melero.
Vilyarreal – Valyadolid 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 53 Suares.
1 oktabr
Selta – Xetafe

Turnir jadvali












