Argentina poytaxti Buenos-Ayres şahrida III yozgi Olimpiya öyinlari davom etmoqda. Musobaqaning törtinçi kuniga kelib Özbekiston terma jamoasi sportçisi dastlabki oltin medalni qölga kiritdi.
Milliy olimpiya qömitasidan ma'lum qilişlariça, dzyudo böyiça miks bahslarida Özbekiston vakili Jayhunbek Nazarov Xorvatiya, Belorus, Italiya, Meksika, Venesuela va Xitoy Taypeyi vakillari bilan bitta jamoada harakat qildi. «Beijing» jamoasi nomidan iştirok etgan dzyudoçilar finalgaça yetib borişdi va ğalaba qozonişdi. Şu tariqa uşbu mamlakat sportçilari oltin medalga sazovor böldilar.

Nazarov finalda ispaniyalik Xaviyer Penani mağlub etdi. U yakkalik bahslarida çorak finalda aynan unga imkoniyatni boy bergandi. Demak, Jayhunbek miks bahslarida öziga xos revanş oldi.
Ma'lumot uçun, bungaça Özbekiston terma jamoasi safida Uluğbek Raşitov (taekvondo, kumuş) va Nilufar Yermagambetova (dzyudo, bronza) şohsupaga kötarilgan edi.

Foto: Anvar Ilyasov











