​Özbekistonda ta'lim sohasida oçilmagan, yangi istiqbollarga oliygohlarni taşkil etiş orqali etişiş mumkin. Masalan, Akfa universitet xususiy mulk asosida oçilişi kutilayotgan ilk universitetlardan biri böladi va biz bunday özgarişlarga ijobiy qaraymiz, deydi Prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohitov.

17 oktabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti binosida taşkil etilgan matbuot anjumanida «Özbekiston-Rossiya ta'lim forumi» taşkilotçilari kutilayotgan natijalar va rejadagi işlar haqida ma'lumot berib, jurnalistlarning savollariga javob berişdi. 

Prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohitov / Foto: KUN.UZ

Prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohitov mamlakatdagi ta'lim islohoti allaqaçon boşlanganiga urğu berib, bu yönalişda xususiy mulk asosida taşkil etiladigan universitetlar faqat yaxşi natijalarga undaşini ta'kidladi. 

«Gap şundaki, ana şu xususiy oliygohlar bir narsa unutmasligi lozim: ta'lim sifati va qabul qilingan standartlarga muvofiq kadrlar tayyorlaş şart. Diplom sotiş, yengil-yelpi öqişni taşkil etiş ötmaydi. Xususiy mulk asosida taşkil etilgan universitet yana boşqa şaklda faoliyat yuritişi mumkin, masalan, nomdor xorijiy oliygohning Özbekistonda filialini taşkil etiş va şu orqali xususiy oliygohga asos soliş mumkin», deydi maslahatçi. 

2017 yilda öqiş istagini bildirgan abituriyentlarning faqat 9 foizi talaba böliş baxtiga erişgan bölsa, bu körsatkiç 2018 yilda keskin oşdi. Ma'lum qilinişiça, 100 mingdan ortiq yoş bu yil talaba böldi, şuningdek, ta'limning turli şakllari joriy etildi. Bundan taşqari yoşlarni oliy ta'limga qamrab oliş körsatkiçini yaxşilaş uçun oliygohlarning filiallari taşkil etilmoqda. 

«Biroq, maqsad - barçani birdan oliygoh ta'limiga qamrab oliş emas, balki Özbekiston rivoji uçun zarur kadr va mutaxassislarni tayyorlaş. Amalda tarmoqlarga iş izlab borgan OTM bitiruvçilarining barçasi işni birdek eplab ketolmayapti. Demak, sifat va son mutanosib ösib borişiga ham e'tibor qaratamiz», deydi u. 

Abduvohitovning aytişiça, oliygohlarning öqitiş metodologiyasida texnologiyalardan foydalaniş naf bermayapti. Negaki, OTM va iş beruvçining texnologiyasi bir-biridan tubdan farq qiladi, bitiruvçilar işni birdan boşlay olmasligi ana şu omil bilan ham boğliq.