Toşkentdagi xususiy oliygohlarda bir yillik ta’lim narxi 11 million sömdan 135 million sömgaça bölib, farq 12 baravarni taşkil etadi. Oliy ta’lim vazirligining 2025 yil yanvar oyi holatiga bergan ma’lumotga köra, Özbekistonda 208 ta universitet faoliyat yuritadi, şundan 100 tasi xususiy va xorijiy hisoblanadi. Narx ta’lim sifati yoki reytingga emas, balki oliygoh modeliga boğliq: uni kim taşkil etgan, qanday diplom beradi va ta’lim qaysi tilda olib boriladi. Biz öqiş narxi, narx nimaga boğliq ekanini tuşuntiriş uçun xususiy oliygohlar va xorijiy filiallarning prays-listlarini jamladik.

Taqqoslaş uçun qaysi oliygohlarni oldik?

Toşkentda bir neça turdagi universitet modellari xususiy oliygohlar sifatida faoliyat yuritadi va ularni narx böyiça töğridan töğri taqqoslaş har doim ham töğri emas.

● Mahalliy xususiy oliygohlar — xususiy muassislar tomonidan taşkil etilgan va Özbekiston litsenziyasi asosida faoliyat yurituvçi mahalliy universitetlar.

● Xorijiy hamkorga ega oliygohlar — xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ta’lim dasturlarini amalga oşiruvçi özbek universitetlari.

● Xorijiy filiallar — xorijiy universitetlarning Toşkentdagi kampuslari bölib, boş oliygoh dasturlari asosida faoliyat yuritadi.

● Xususiy tibbiyot dasturlari — öqiş narxi nisbatan yuqori bölgan alohida segment (MBBS — umumiy tibbiyot, DDS — stomatologiya va boşqalar).

Toşkentdagi xususiy oliygohlarda öqiş qança turadi?

Hatto bitta oliygohning özida ham narxlar bir neça baravar farq qilişi mumkin: odatda asosiy gumanitar yönalişlar arzonroq, IT va xalqaro dasturlar qimmatroq turadi, tibbiy ta’lim esa eng qimmat segment bölib qolmoqda. Narxlar kunduzgi ta’lim şakli uçun körsatilgan.

Yiliga 15 mln sömgaça

Davlat namunasidagi diplom beruvçi töliq özbek xususiy oliygohlari. Asosan pedagogika, iqtisodiyot va gumanitar mutaxassisliklar ustunlik qiladi; IT yönalişlari ham mavjud, ammo kam. Qabul oliygohning içki imtihoni asosida amalga oşiriladi.

1 tabl uzb (1)

Yiliga 15–30 mln sömgaça

Eng keng va turli xil segment. Bunda yirik özbek oliygohlari, hamyonbop dasturlarga ega koreys universitetlari va xorijiy diplom beruvçi oliygohlar mavjud. Diplom turi muayyan oliygoh va ta’lim dasturiga boğliq.