AQŞning Atlanta şahri politsiyasiga IKEA dökonidan çiqolmayotgan odamlardan önlab qönğiroqlar tuşib, ular şu sababli vahimaga tuşib qolişganini ma'lum qilişgan. Politsiya şu zahotiyoq voqea joyiga çiqqan, köp ötmay ularga öt öçiruvçilar qöşilgan.

Politsiyaçilar dökonga kelişganlarida kassalardan biri oldida yiğilib olib, bamaylixotir kompyuter öyini bilan band bölgan sotuvçilarni körişgan. Sotuvçilar atrofda xaridorlar bölmagani sababli dökonda hammasi risoladagidek deb öylaşgan. Bu orada pavilonlar orasida haqiqiy sarosima yuz berayotgan bölgan.

Bir töda xaridorlar dökondan çiqişni izlab, u zaldan bu zalga ötib, bir joyga qayta-qayta borib qolib muşkul holatga tuşib qolişgan. Tez orada dökon içida yönalişni körsatuvçi strelkalar notöğri yönalişni körsatayotgani aniqlangan. Dökondagi videoyozuvlar örganilgaç, bu kimningdir qöpol hazili bölgani aniqlangan. Politsiya strelkalarni özgartirib qöygan erkakni qidiruvga bergan.











