Şvetsiyalik mutaxassis Sven-Yoran Eriksson Filippin terma jamoasi boş murabbiyi qilib tayinlandi.

Mutaxassis mamlakat futbol federatsiyasi bilan 6 oylik şartnoma imzoladi. U terma jamoani Osiyo Kubogi 2019ga olib boradi. Şu paytgaça Filippinni vaqtinçalik boşqarib kelgan Skott Kuper unga yordamçilik qiladi.

Eslatib ötamiz, Erikssonning sönggi iş joyi Xitoy 1-ligasi vakili «Şenjyen» klubi bölgan edi.

Filippin terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqiçida Qirğiziston, Janubiy Koreya va Xitoy bilan bellaşadi.