Osiyo Kubogida ishtirok etgan yana bir terma jamoa bosh murabbiyi iste'foga chiqdi
Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson iste'foga chiqdi.
70 yoshli shvetsiyalik Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, o‘z lavozimini tark etdi. Musobaqada ilk marotaba ishtirok etgan filippinliklar Eriksson qo‘l ostida Janubiy Koreya (0:1), Xitoy (0:3) va Qirg‘izistonga (1:3) yutqazib, guruhda so‘nggi o‘rinni egalladilar.
Mutaxassis faoliyati davomida «Benfika», «Roma», «Fiorentina», «Latsio», «Manchester Siti», «Shanxay Dong'ya» klublari, shuningdek Angliya, Meksika va Kot-d'Ivuar terma jamoasida ishlagan.
Avvalroq, Osiyo Kubogida ishtirok etgan Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Milovan Rayevats, Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange, Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Antonio Pitssi va Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchelo Lippi iste'foga chiqarilgan edi.