Is gazi yo ovqatdan zaharlanish. Mutasaddilar muammoga befarqmi?
Toshkentda bir oilaning to‘rt farzandi zaharlanishdan vafot etdi. Toshkent shahar Chilonzor tumani, Dilxush ko‘chasi yashovchi oilaning farzandlari, dastlab, taomdan zaharlangani aytildi. Bu voqea 31 oktabr kuni yuz berib, shu kunning o‘zida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh Davlat sanitariya vrachi Saidmurod Saidaliyev ilgari surilgan farazni inkor etuvchi ekspertiza xulosasini ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, 2018 yil 31 oktabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani, Dilxush ko‘chasi 37-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Akbarov xonadonida ro‘y bergan fojiali holatga taom emas, balki is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan. Akbarov kechki soatda uyga qaytgan va turmush o‘rtog‘ining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida shifokorlarga murojaat etishmagan. Uyning boshqa qavatida uxlayotgan, 22 yoshli to‘ng‘ich qiz, 2001, 2003 yillarda tug‘ilgan qizlar va oilaning kenjasi 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘il esa behush holda yotganini ko‘rgan va tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan.
Youtube'da ko‘rish
Mover'da ko‘rish (tas-ix)
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar qilishicha, ayni paytda is gazidan bolalarning onasi ham yengil darajada o‘tkir zaharlangan. Unga ayni paytda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, shifokorlarning aytishicha, uning ahvoli qoniqarli. Ma'lumotlarga qaraganda, xonadon egalari Dilxush ko‘chasida yangi qurilgan 3 qavatli binoga yaqinda ko‘chib o‘tishgandi. Uy yerto‘lada o‘rnatilgan, tabiiy gazda ishlaydigan isitish qozoni orqali isitiladi.
Shundan so‘ng, shaxsiy uylarda isitish pechlari va isitish tizimlarini tekshirish va nazorat qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiyaga O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchilik qiladi. Mos ravishda viloyat va tumanlarda ham namunaviy ko‘rinishda komissiyalar tuziladi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq mudhish hodisalar tez-tez uchrab turibdi. Dastlab 18 oktabrda Yangiyo‘lda 2 kishi, so‘ng 28 oktabrda Rishtonda 2 kishi aynan is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etishgan. Joriy yilning 9 yarim oyi davomida Samarqand viloyatida 12 nafar, Surxondaryo viloyatida 7 nafar, Toshkent viloyatida 6 nafar fuqaro gazdan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga kelgan baxtsiz hodisalardan vafot etgan. Jumladan, 2018 yilning 9 oyi davomida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarga ko‘ra, gaz va havo aralashmasi bilan bog‘liq chaqnashlar 28 marotaba, maishiy gaz balonlari nosozligi sabab 11 marotaba is gazi sodir bo‘lishi natijasida 30 kishi zaharlangan.
Ammo, ovqatdan zaharlanish holat ham yil davomida ko‘p marta kuzatildi.
Bir necha kun avval 17 kishi Samarqandda hot-dogdan, Qarshidagi to‘yxonada esa 23 kishi turli oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishgan. Bundan tashqari, Andijon, Navoiy, Buxoro viloyatlarida ham ommaviy zaharlanish holatlari kuzatilgan. O‘tgan yili Toshkent shahrida bir oilaning uch farzandi kabobdan zaharlanish oqibatida vafot etgandi. Chustda odamlarning ovqatdan ommaviy zaharlanishi haqidagi tarqalgan xabar Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi tomonidan inkor etildi.
Achinarlisi, so‘nggi vaqtda fuqarolarning oziq-ovqatdan va is gazidan zaharlanishi kabi ko‘ngilsiz voqealar to‘g‘risidagi xabarlar OAVda tez-tez takrorlanib turgan bo‘lsa-da, bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olishga yetarlicha ahamiyat qaratilmayapti. «O‘ztransgaz» tomonidan 9 oy davomida 3540 ta o‘quv va 396 ta nazorat mashqi o‘tkazilgan. Gazdan foydalanish talablariga javob bermaydigan 713 ta obekt faoliyati vaqtinchalik, 188 ta obekt faoliyati esa butunlay to‘xtatilgan. Ammo, amaliy ishlar shu sohada yuz berayotgan ko‘ngilsizliklar sonini kamaytirishda sezilarli ta'sir ko‘rsatmayapti. Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi ovqatdan ommaviy zaharlanish holatlari bo‘yicha asosli tahlil taqdim etolmayapti, hududlarda esa qonunbuzarlik holatlarini o‘rganish sustlashgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent mineral suvi: Afsona va haqiqat
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkentda ko‘p qavatni turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
O‘zbekiston | 08:55
-
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 08:52
-
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak
Jahon | 08:11
Mavzuga oid

12:18 / 10.05.2025
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025