Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida joylaşgan “Şirin niyat baraka” MÇJga qaraşli “Baxtli oila” töyxonasida bölib ötgan töyda iştirok etganlar orasida qayd etilgan “ovqatdan zaharlanişga gumon” holati yuzasidan yangi ma'lumotlar taqdim etildi.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmatining KUN.UZ’ga xabar berişiça, viloyat Yuqumli kasalliklar şifoxonasida maxsus ştab taşkil etildi, ayni paytda Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining malakali mutaxassislari uşbu ştabga jalb etilib, amalga oşirilişi lozim bölgan tadbirlar belgilab olindi, bemorlarga sifatli tibbiy yordam körsatiş maqsadida barça zarur dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.
27 sentabr kuni bölib ötgan töyda iştirok etganlar röyxati şakllantirilmoqda, patronaj hamşiralari yordamida uyma-uy körik ötkaziş taşkil etildi.
Yuqoridagi taşxis bilan yotqizilgan bemorlar jami soni 74 nafar (şundan 4 nafari 18 yoşgaça bölganlar, 10 nafar erkak va 60 nafar xotin-qizlar), şifoxonaga yotqizilganlar soni 72 nafar, uyiga javob berilganlar 2 nafarni taşkil etadi.
Yotqizilgan 72 nafar bemorning ahvoli örtaça yengil holatda.
Şifokor va patronaj hamşiralar tomonidan Qarşi şahridan 180 nafar töyda iştirok etganlarning ahvoli örganildi, 12 nafar kişining holati faol aniqlanib, kuzatuv uçun şifoxonaga olib kelindi. Tuman Tibbiyot birlaşmalari yuqumli kasalliklar bölimlariga töyga aloqador holatida bemorlar murojaat etişmagan.
Tadbir bölib ötgan “Şirin niyat baraka” MÇJga qaraşli “Baxtli oila” töyxonasida 30 sentabr kuni ötkazilgan örganişlarda quyidagilar aniqlandi:
Töyxona oşxonasida mahsulotlarga işlov beriş sexlari (xonalari) taşkil etilmagan. Oziq-ovqat mahsulotlarini, şu jumladan, tez buziladigan göşt va göşt mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, qandolat mahsulotlarini saqlaş uçun sovitgiçlar yetarli emas. Mavjud 1 ta sovitgiç kamerada xom va tayyor mahsulotlar ularni saqlaş qoidalariga rioya qilinmagan holda saqlanmoqda. Oşxona asbob-uskunalari (stollar, taxtakaçlar, piçoqlar, çelaklar, kastryulkalar va boşqalar) markirovka qilinmagan. Idiş-tovoqlarni yuviş uçun şaroit yaratilmagan, ketma-ketlik qoidasiga rioya qilinmagan. Töyxona xodimlari tibbiy körikdan ötmagan, sanitariya minimum öquv kurslarida öqimagan. Tekşiriş vaqtida 21 nafar oşxona işçi-xodimidan biologik namunalar hamda taşqi muhit obektlaridan 158 ta namuna olinib, laboratoriyaga topşirildi.
Töy marosimiga 3 xil salat tayyorlagan Qarşi şahar, Boğobod mavzesi, 1/26 kottejda yaşovçi fuqaro M.X.Şukurov xonadonida sanitariya nazorati ötkazilganda, salat tayyorlaş uçun umuman şaroit yaratilmaganligi aniqlandi. Jumladan, salat tayyorlaş 1 ta xonada amalga oşirilgan, xom mahsulotlarni yuviş uçun 1 ta vannadan foydalanilgan, fuqaro M.X.Şukurov tibbiy körikdan ötmagan va uşbu faoliyat uçun tegişli ruxsatnoma olmagan. Sanitariya-epidemiyaga qarşi talablarni buzganligi uçun fuqaro M.X.Şukurovga nisbatan ma'muriy iş qözğatilib, eng kam iş xaqining 5 barobari miqdorida jarima solindi.











