2018 yilning 18 oktabr kuni Toşkent viloyati Yangiyöl tumani «Keng kiçik» MFY Farovon köçasi 12-uyda istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaro (er-xotin) is gazidan zaharlanib, hayotdan bevaqt köz yumdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, uşbu fojiaga xonadon yertölasiga örnatilgan qölbola (sertifikatlanmagan) suv isitiş anjomi sabab bölgan. Mutaxassislar xulosasiga köra, gazda işlovçi suv isitiş anjomiga dudburon örnatilmaganligi xamda yertölada havo almaşiş tuynugi bölmaganligi oqibatida, tabiiy gazni çala yonişi va is gazi hosil bölişi yuzaga kelgan. Yertölada töplangan is gazi (havodan yengil) yotoqxonaga kötarilgan va xonadon egalarining halokatli zaharlanişiga olib kelgan.

“Kirib kelayotgan isitiş mavsumida gaz va boşqa muqobil yoqilği turlaridan xavfsiz foydalaniş qoidalariga amal qiling. Qölbola va sertifikatlanmagan isitiş anjomlaridan foydalanmang. Is gazidan zaharlanişdan özingiz va yaqinlaringizni asrang”, - deyiladi xabarda.