Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Oqqulov Abu-Dabi shahar Munitsipalitet va transport departamenti raisi Muhammad Ali ol Shorafa bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ochiq iqtisodiy siyosati va yurtimizda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Toshkent va Abu-Dabi shaharlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolash taklif etildi.
Muxammad Ali ol Shorafa o‘z navbatida, ikki davlat rahbarlarining yaqin munosabatlarini qayd etgan holda O‘zbekiston bilan hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda yanada rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasida sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish, o‘zaro savdo aloqalarini rivojlantirish, xususan, yuk tashish imkoniyatlarini yanada kengaytirish xususida fikr almashdilar.
Etihad Airways va Uzbekistan Airways aviakompaniyalari tomonidan Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Yo‘lovchi va yuk tashish borasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun mazkur aviakompaniyalar vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar uyushtirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida BAA vakili joriy yilning 10-12 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etildi.
Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026