Toşkent şahrining Çilonzor tumanida tört nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, Çilonzor tumanida istiqomat qiluvçi 4 nafar fuqaro zaharlaniş alomatlari oqibatida vafot etgan.
Ma'lum bölişiça, Çilonzor tumanida 31 oktabr kuni Dilxuş köçasidagi uylardan birida taxminan soat 07:00larda 1976 yilda tuğilgan ayolning 1996 yilda, 2001 yilda, 2002 yilda va 2012 yilda tuğilgan farzandlarining vafot etgan holdagi jasadlari topilgan.
Ularning onasi behuş holda turmuş örtoği, 1967 yilda tuğilgan fuqaro bilan şifokorlar tomonidan şifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan ekspertiza-tekşiruv işlari olib borilmokda. Vafot etgan fuqarolar aynan nimadan zaharlangani oçiqlanmagan.









