Rossiya Premer-Ligasining 14-turida Qozonning «Rubin» klubi Moskvaning «Lokomotiv» klubini qabul qildi. «Kazan Arena» stadionida keçgan uçraşuvda hisob oçilmay qoldi - 0:0.

Bu öyindan keyin, «temiryölçilar» jamoasining Rossiya çempionatidagi 5 uçraşuv davom etgan ğalabali seriyasi töxtatildi. Avvalgi 5 turda «Lokomotiv» «Axmat» (2:0), TsSKA (1:0), «Rostov» (2:1), «Yenisey» (3:0) va Tulaning «Arsenal» (3:1) klublarini mağlubiyatga uçratgandi.

Endilikda «Lokomotiv» (25 oçko) Rossiya Premer-Ligasi turnir jadvalida uçinçi öringa tuşib qolgan, «Rubin» 20 oçko bilan – oltinçi örinda bormoqda.

Keyingi turda «Lokomotiv» öz maydonida «Ural»ni qabul qiladi, «Rubin» safarda «Anji» bilan öynaydi. Bu öyinlar 23 va 24 noyabr kunlariga belgilangan.

Bu tur doirasidagi yana bir uçraşuv «Krasnodar» va «Yenisey» örtasida keçdi. Krasnodarliklar bu uçraşuvni yirik hisobda öz foydasiga hal qildi - 3:0.

Ğoliblar safida gollarga Yuriy Gazinskiy, Viktor Klasson va Şarl Kabore mualliflik qilişdi. Şu tariqa, «Yenisey» RPLdagi ğalabasiz seriyasini 9 öyinga yetkazdi (ikki durang, yetti mağlubiyat).

«Krasnodar» oçkolari sonini 26taga yetkazgan holda Rossiya Premer-Ligasi turnir jadvalida ikkinçi öringa çiqib olgan, «Yenisey» 6 oçko bilan – 16-örinda bormoqda.

Keyingi turni «Yenisey» 24 noyabr kuni safarda Moskvaning «Dinamo» klubiga qarşi ötkazadi, «Krasnodar» 25 noyabr kuni Tulaning «Arsenal» klubini qabul qiladi.

Uşbu tur doirasidagi markaziy uçraşuvda Moskvaning TsSKA klubi öz maydonida Peterburgning «Zenit» klubini qabul qildi. Moskvadagi «VEB Arena» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Ğoliblar safida rossiyalik hujumçi Fyodor Çalov va islandiyalik yarimhimoyaçi Arnor Sigurdsson gollarga mualliflik qilişdi, ular ğalabani ta'minlagan gollarni 15- va 26-daqiqalarda urişdi.

Mağlub bölganiga qaramasdan «Zenit» Rossiya Premer-Ligasidagi peşqadamligini davom ettirmoqda, piterliklar hisobida 31 oçko mavjud. TsSKA 23 oçkosi bilan beşinçi örinda joylaşgan.

Keyingi turda TsSKA Grozniyda «Axmat» klubi mehmoni böladi, «Zenit» esa «Rostov»ni qabul qiladi. Öyinlar 23 va 25 noyabr kunlariga belgilangan.

Rossiya çempionati
14-tur
Rubin – Lokomotiv 0:0 (0:0, 0:0)
Rubin – Konovalov, Uremoviç, Navas, Granat, Kambolov (Mogilevets, 77), Bayramyan, Konovalov (Podberezkin, 59), Ustinov, Kudryaşov, Azmun, Buxarov (Poloz, 78).
Lokomotiv – Gilerme, Ignatev, Çorluka, Kverkveliya, Ribus, Al. Mirançuk, Barinov, Krixovyak, An. Mirançuk, Smolov (Eder, 59), Farfan (Jyemaletdinov, 83).
Ogohlantirişlar: Ribus (30), Uremoviç (40), Buxarov (65), Krixovyak (69).

Krasnodar – Yenisey 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 60 Gazinskiy, 2:0 – 70 Klasson, 3:0 – 85 Kabore.
Krasnodar – Safonov, Petrov, Martynoviç, Spayiç, Markov, Gazinskiy (Şişkin, 86), Pereyra (Kueva, 78), Kabore, Vanderson (Suleymanov, 78), Ari, Klasson.
Yenisey – Yurçenko, Zanev, Gasanov, Dugaliç, Kiçin, Gadjibekov, Ogude, Sarkisov (Komolov, 30), Zotov, Torbinskiy (Komkov, 66), Kutin (Obradoviç, 61).
Ogohlantirişlar: Torbinskiy (18), Spayiç (22).

TsSKA – Zenit 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 15 Çalov, 2:0 – 26 Sigurdsson.
TsSKA – Akinfeyev, Magnusson, Nababkin, ŞÇennikov, Rodrigo Bekao, Axmetov (Xosonov, 51), Yefremov, Biyol, Vlaşiç, Sigurdsson (Bistroviç, 90), Çalov.
Zenit – Lunev, Mammana, Çernov, Ivanoviç, Netu, Kuzyayev, Markizio (Zabolotnyy, 46), Mak (Driussi, 46), Yeroxin, Şatov, Dzyuba (Ernani, 74).
Ogohlantirişlar: Axmetov (31), Netu (37), Rodrigo Bekao (38).

Turnir jadvali