Isroil politsiyasi Armanistonda berilgan soxta diplomlar asosida soğliqni saqlaş vazirligining litsenziyasini olgan 40 şifokor va farmatsevtni qölga oldi.
Ta'kidlanişiça, qölga olingan tibbiy xodimlar Armanistondagi universitetning tibbiyot va farmatsevtika fakultetlarida ta'lim olişgan. Ular vazirlikka mutaxassislik böyiça diplomlarni taqdim qilişgan, vaholanki bilim yurtida uzoq vaqt öqişmagan va barça imtihonlarni topşirişmagan. Ularning bir qismi şifoxonalarda va boşqa tibbiy muassasalarda işlagan.
Ma'lum qilinişiça, politsiya anonim şikoyatlardan keyin uşbu holat yuzasidan tergov boşlagan. Gumonlanuvçilar butun mamlakat böylab qölga olingan. Ularning uylarida tintuv ötkazilgan.
Tergov ma'lumotlariga köra, bu odamlarning barçasi turli davlatlardagi tibbiy fakultetlarda ta'lim olişgan, biroq öqişni eplay olmagaç, firibgarga murojaat qilişgan. Firibgar esa ularni özi soxta hujjat olgan Armanistondagi universitetga jönatgan.
Ular Yerevandagi universitetda qisqa vaqt “ta'lim olib”, imtihonlarni topşirmay diplom olişgan.
Gumonlanuvçilardan köpçiligi öz yurtida diplomni tasdiqlab, litsenziya imtihonlaridan ötib, işga joylaşişga muvaffaq bölgan.












