Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) aʼzolari Armanistonning taşkilot organlarida ovoz beriş huquqini bekor qildi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

«Armaniston bir neça yildan beri öz majburiyatlarini bajarmay kelayotgani munosabati bilan, taşkilot nizomiga asoslangan holda, Armanistonni ovoz beriş huquqidan, şuningdek, KXŞTda öz vakillarini masʼuliyatli lavozimlarga tayinlaş huquqidan mahrum qiliş taklif etildi va qaror qabul qilindi», – degan u Life muxbiriga bergan izohida.

Armanistonning KXŞTga aʼzoligi bir neça yildan buyon muhokama mavzusi bölib keladi. Yerevan 2024-yilda, Qoraboğ Ozarboyjon nazoratiga ötib, sönggi ön yilliklarda mazkur hududda yaşab kelgan armanlar köçib ketişga majbur bölganida, uşbu taşkilotdagi aʼzoligini töxtatib qöygan.

Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan sönggi xabarlar yuzasidan şunday munosabat bildirdi: «Aslida, biz allaqaçon özimizni KXŞTdan taşqarida deb hisoblaymiz». U agar taşkilot Armanistonni çiqarib yuborsa, bundan «xursand bölişi»ni aytgan. «Bu bizni „çiqiş yoki çiqmaslik“ dilemmasidan xalos etgan bölardi», – deya qayd etgan u.

KXŞT boş kotibi Taalatbek Masadikovning qöşimça qilişiça, Moskvadagi sammitda Armanistonni KXŞTdan çiqariş masalasi kötarilmagan.

  • Nikol Paşinyan sönggi yillarda Armanistonning Ğarb, jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlaşişi tarafdori bölib kelmoqda. Bu fonda Rossiya Armanistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ga aʼzoligi masalasini ham qayta körib çiqmoqçi: Moskvadagilar bir vaqtning özida ham YEI, ham YEOII bilan ittifoqçi böliş imkonsiz deb hisoblaydi. Paşinyan Armaniston YEOII doirasida «Yevropa Ittifoqi va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi örtasida tanlov muqarrar bölmagunça» işlaşda davom etişini aytgandi.