Rossiyaning YeXHTdagi doimiy vakili Aleksandr Lukaşeviç ma'lum qilişiça, AQŞ Ukrainadagi maxfiy operatsiyalarda iştirok etiş uçun LinkedIn ijtimoiy tarmoği orqali odamlarni qidirmoqda. Lukaşeviçning sözlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.

Uning sözlariga köra, Rossiya tomoni LinkedIn yordamida ukrain tilida gaplaşa oladigan AQŞ fuqarolarini qidirayotgan MissionEssential kompaniyasiga «e'tibor qaratdi». Doimiy vakilning qayd etişiça, ularni «Ukrainadagi Amerika maxfiy operatsiyalarini ta'minlaş» uçun işga yollaşmoqda.

Lukaşeviçning e'longa tayangan holda aytişiça, nomzodlar Ukraina aholisi bilan «yaşirin ravişda aloqa örnatişi», şuningdek, harbiy tayyorgarlikka ega bölişi kerak.

Şuningdek, doimiy vakilning eslatişiça, kanadalik yöriqçilar 10 mingga yaqin ukrainalik harbiyni tayyorgarlikdan ötkazdi. Uning fikriça, Kanada şu tarzda Ukrainaning «harbiylaşişi»ga «hissa» qöşdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy va Rossiya kuçayadigan bölsa, dunyoda falokat yuz berişi taxmin qilingandi.