Balandligi böyiça Janubiy Koreyada birinçi va dunyoda beşinçi örinda turuvçi Lotte World Tower binosi yangi unvonni qölga kiritdi. U dunyodagi eng tezyurar liftga ega bino sifatida e'tirof etildi. Business Insider naşrining xabar berişiça, lift binoning birinçi qavatidan 121-qavatiga bir daqiqa içida yetib boradi. 

Qayd etilişiça, bino mutlaqo xavfsiz — u 9 balli zilzilaga va AQŞ janubi-şarqini vayron qilgan "Katrina" kabi dovulga ham doş beradi. Bino 123 qavatdan iborat.

U Seuldagi eng ommabop turistik maskanlardan hisoblanadi. Yangi unvonni qölga kiritganidan söng mazkur binoga taşrif buyuruvçilar soni yiliga 60 mln kişiga yetişi kutilmoqda.