2018 yil 1 dekabr holatiga respublikada faoliyat körsatayotgan kiçik korxona va mikrofirmalarning soni 261,1 mingtani taşkil qilgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, uşbu körsatkiç 2017 yil 1 dekabr holatiga qaraganda 13,6%ga oşgan. Faoliyat körsatayotgan kiçik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi, ya'ni 59,6 mingtasi (22,8%) Toşkent şahri, 25,0 mingtasi (9,6%) Toşkent, 23,1 mingtasi (8,8%) Farğona hamda 22,6 mingtasi (8,6%) Andijon viloyatlari hissasiga töğri keladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat körsatayotgan jami 261,1 mingta kiçik korxona va mikrofirmalarning 69,9 mingtasi (26,8%) – savdo, 55,8 mingtasi (21,4%) - sanoat, 28,6 mingtasi (11,0%) - quriliş, 23,8 mingtasi (9,1%) - qişloq, örmon va baliq xöjaligi, 19,5 mingtasi (7,5%) - yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar sohasi, 13,0 mingtasi (5,0%) - taşiş va saqlaş, 6,7 mingtasi (2,6%) - axborot va aloqa sohasi, 5,3 mingtasi (2,0%) - soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş, şuningdek 38,3 mingtasi (14,6%) - boşqa faoliyat turlari hissalariga töğri keladi.

Şundan körinib turibdiki, faoliyat körsatayotgan kiçik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turlariga töğri keladi. Şuningdek, eng kam uluşi esa soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga töğri keladi.