2018 yil yanvar-noyabr oylarida 51 123ta korxona va taşkilotlar yangi taşkil etilib, bu körsatkiç 2017 yilning şu davriga nisbatan 32,8%ga köpdir. 

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, eng köp yangi taşkil etilgan korxona va taşkilotlar Toşkent şahri (11655ta), Toşkent (4973ta), Samarqand (4451ta) va Farğona (4046ta) viloyatlari hissasiga töğri keladi. 

Aksinça, Sirdaryo (1428ta), Navoiy (1913ta) hamda Xorazm (2133ta) viloyatlarida korxona va taşkilotlarni taşkil etiş körsatkiçi past darajani aks ettirgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida körilganda, eng köpi savdoda (10735ta), sanoatda (10442ta), qurilişda (5920ta) va qişloq, örmon va baliq xöjaligi (5282ta) sohalarida taşkil etilgan. Eng kami esa soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlarda (1106ta), axborot va aloqada (1160ta) hamda taşiş va saqlaşda (1946ta) taşkil etilganligi kuzatilmoqda.