Tramp IShIDga qarshi Rossiya, Eron va Suriya kurashishi kerakligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp IShID terrorchi guruhiga qarshi birinchi navbatda Rossiya, Eron va Suriya kurashishi kerakligini, chunki ular geografik yaqinlik jihatidan uning dushmanlari ekanligini bildirdi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida yozdi.
«Suriyadan ketish syurpriz bo‘lgani yo‘q. Bu boradagi kampaniyani bir necha yil davomida olib bordim. Rossiya, Eron, Suriya va boshqalar IShIDning mahalliy dushmanlari. ...Uyga qaytish va tiklanish vaqti keldi. Amerikani yana buyuk qilamiz!» – deb yozdi u.
Chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonilganini ma'lum qilgandi. Keyinroq Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQSh Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqib keta boshlaganini xabar qildi.
Mavzuga oid
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024