Qişloq xöjaligi vazirining buyruği bilan Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oşirişda baliqlantiriş me'yorlari va texnologiyasi tasdiqlandi.

Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oşirişda baliqlantiriş me'yorlari va texnologiyasiga köra, har bir tabiiy suv havzasining biologik xususiyatidan kelib çiqqan holda tabiiy suv havzasi tegişli ösimlikxör baliqlar bilan baliqlantiriladi.

Tabiiy suv havzalarida baliq yetiştiriş boşlangan vaqtdan keyin 3 yil davomida har yili 1 gektar suv havzasi kamida 50 dona ösimlikxör baliqlarning çavoqlari bilan baliqlantirilişi lozim. Bunda ösimlikxör baliqlar çavoqlarining oğirligi 20 grammdan kam bölmasligi kerak.

Tabiiy suv havzalarining qirğoqlarida baliq çavoqlarini yetiştiriş uçun çavoq hovuzlari taşkil etilişi mumkin. Bunda har bir çavoq hovuzlarining maydoni 0,5 gektardan köp bölmasligi lozim.

Tabiiy suv havzalarini baliqlantiriş maqsadida suvga taşlanadigan baliq çavoqlarining soni va oğirligi quyidagiça aniqlanadi:

baliq çavoqlarini yetiştiruvçi taşkilotning tegişli mutaxassisi hamda tegişli tuman (şahar) veterinariya bölimining ixtiopatologi iştirokida ölçaş siğimiga ixtiyoriy miqdordagi baliq çavoqlari olinadi;

siğimga olingan baliq çavoqlarining tabiiy suv havzasini baliqlantirişga yaroqliligi hamda kasallik alomatlari mavjud yoki mavjud emasligi aniqlanadi;

tabiiy suv havzasini baliqlantirişga yaroqli hamda kasallik alomatlari mavjud emas deb topilgan baliq çavoqlarining oğirligi ölçanadi, ularning soni sanaladi, şuningdek har bir baliq çavoğining vazni aniqlanadi.

Tabiiy suv havzasini baliqlantirişga yaroqli hamda kasallik alomatlari mavjud emas deb topilgan baliq çavoqlarini taşiş tirik baliq taşişga möljallangan maxsus transport vositasida amalga oşiriladi.

Bunda, maxsus yelim xaltaning hajmidan kelib çiqib uçdan ikki qismi baliq çavoqlari yaşab turgan suv bilan töldiriladi va baliq çavoqlari taşlanadi, şuningdek xalta germetik holda qadoqlanadi. Germetik holda qadoklangan xaltalar maxsus transport vositasining baliqlarni taşişga möljallangan qismiga joylaştiriladi va taşiş amalga oşiriladi.

Tabiiy suv havzasiga baliq çavoqlarini taşlaşdan oldin tabiiy suv havzasining tegişli hududida meliorativ işlar amalga oşiriladi. Bunda, tabiiy suv havzasining tegişli hududidagi suv ötlari örib taşlanadi.

Tabiiy suv havzasining tegişli hududida meliorativ işlar Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi hududiy bölinmalarining tegişli mutaxassislari iştirokida amalga oşiriladi.

Maxsus transport vositasida tabiiy suv havzasiga olib kelingan baliq çavoqlarini tabiiy suv havzasiga taşlaşdan oldin maxsus transport vositasidagi suvning harorati va tabiiy suv havzasi suvining harorati ölçanişi zarur.

Tabiiy suv havzasi suvining harorati maxsus transport vositasidagi suvning haroratidan 5°S farq qilganda maxsus transport vositasidagi suvning harorati tabiiy suv havzasi suvining haroratiga tenglaştirilişi lozim.

Maxsus transport vositasidagi baliq çavoqlarini tabiiy suv havzasiga taşlaş tabiiy suv havzasining sayoz bölgan qirğoğida amalga oşiriladi.