Hukumat qarori bilan davlatga tegişli suv havzalarini tadbirkorlik sub’yektlariga E-auksion elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
2023 yil 1 oktyabrdan davlatga tegişli suv havzalari foydalaniş şarti bilan quyidagi faoliyat turlarini taşkil etiş uçun elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi:
davlatga tegişli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetiştiriş va ovlaş uçun;
tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalari – suv böyida plyaj zonalarini taşkil etiş, sport-işqibozlik turidagi baliq ovlaş, baliq ovi, qayiqda suziş va suv sayohati böyiça xizmatlar körsatiş, baliq mahsulotlari, şu jumladan, baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlaniş va boşqa turizm xizmatlarini taşkil etiş hamda uşbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (ötov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylaştiriş uçun.
Tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalariga yengil konstruksiyali qurilmalarni örnatiş qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
- ijara şartnomalarining amal qiliş muddati tugamagan tabiiy va sun’iy suv havzalariga;
- Aydar-Arnasoy köllar tizimiga;
- prezident yoki hukumat qarorlari asosida ijaraga beriş belgilangan boşqa davlat mulklariga.
Suv havzasi (yer uçastkasi) kamida 10 yil muddatga, qöşimça yana 10 yil muddatga uzaytiriş huquqi bilan oçiq elektron onlayn-auksion savdosi orqali şartnoma asosida ijaraga beriladi.
Suv havzasini ijaraga beriş yuzasidan tadbirkorlar tomonidan ijaraga beruvçiga tegişli takliflar beriş yöli bilan taşabbus körsatilişi mumkin.












