O‘zbekiston | 16:00 / 31.12.2018
14903
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qon shahrining bosh soliqchisi tayinlandi

Maqsud Mamatxanov Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda DSQ axborot xizmati xabar berdi.

Maqsud Mamatxanov

M.Mamatxonov 1987 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2009 yilda Farg‘ona Davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi. 

U mehnat faoliyatini 2009 yilda Marg‘ilon shahar Davlat soliq inspeksiyasida Axborot-tizimlari sho‘'basi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. M.Mamatxonov hozirga qadar viloyat Davlat soliq boshqarmasi hamda Marg‘ilon shahar Davlat soliq inspeksiyasida turli rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangunga qadar esa Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 27 dekabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi, raisning birinchi o‘rinbosari Behzod Anvarovich Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi. Shu kuni unga 4 nafar o‘rinbosar tayinlandi, ulardan biri Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Mubin Mirzayev bo‘lgandi.

30 dekabr kuni Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq va unga o‘rinbosar tayinlandi.

 

Mavzuga oid