Toşkent tumani hokimi Hotambek Anvaroviç Şakirov Davlat Soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Davlat Soliq qömitasi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qilişiça, qömita raisiga jami 4 nafar örinbosar tayinlangan.
1970 yilda tuğilgan Hotambek Şakirov 1993 yili Toşkent elektrotexnika aloqalar institutini (hozirgi Toşkent axborot texnologiyalari instituti), 2004 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U soliq organlari tizimidagi faoliyatini 1999 yilda boşlagan. 2015 yil martidan 2017 yil iyuliga qadar Davlat Soliq qömitasi raisi örinbosari bölgan, 2017 yilning iyul oyi oxirida yangidan taşkil etilgan Toşkent tumaniga yangi hokim etib tayinlangandi.
Şuningdek, Hisob palatasida sektor mudiri sifatida faoliyat körsatib kelgan Bahodir Töxtamişeviç Turobov (u turli yillarda «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatida rais örinbosari, «Özpaxtasanoateksport» kompaniyasida boşqarma boşliği bölib ham işlagan) hamda qömitaning içki xavfsizlik boşqarmasida işlab kelgan Mirziyod Mirvohidoviç Mahkamov ham Soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimida iş boşlagan.
Bundan avvalroq Iqtisodiyot vaziri örinbosari Mubin Mirzayev Soliq qömitasi raisiga birinçi örinbosar bölgani xabar qilingandi.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning iyunida Soliq qömitasi raisi örinbosarlaridan biri Normat Tölqinoviç Tursunov Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga ötkazilgan, Toşkent viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği Olimjan Elçiyeviç Fayziboyev esa Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlangandi. Ayni vaqtda Olimjon Fayziboyev lavozimini saqlab qolgan. Qömita raisi örinbosarlaridan biri, 2010 yildan buyon şu lavozimda işlab kelgan Erkin Fayziyeviç Gadoyev esa Moliya vazirligi tizimiga ötkazilgan.











