Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari Mubin Muhitdinoviç Mirzayev Davlat soliq qömitasi raisiga birinçi örinbosar etib tayinlandi. Bu haqda qömita matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.
1969 yilda tuğilgan Mubin Mirzayev Toşkent davlat universitetini va Toşkent Moliya institutini tamomlagan, Yaponiya siyosiy tadqiqotlar milliy instituti magistri hisoblanadi. U 2006−2008 yillarda Markaziy bankda monetar siyosat va iqtisodiy tahlil departamentini boşqargan.
Muqaddam Özbekiston Moliya vaziri örinbosari lavozimida işlab kelgan Mubin Mirzayev 2017 yilning avgustida Iqtisodiyot vazirining Makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantiriş va xalqaro moliya institutlari bilan işlaş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Bundan avvalroq, 2018 yil mayidan buyon Davlat soliq qömitasi raisi vazifasini bajaruvçi sifatida işlab kelayotgan Behzod Musayev rasman rais lavozimiga tasdiqlangani xabar qilingandi.











