Davlat soliq qömitasi raisi vazifasini bajaruvçi, raisning birinçi örinbosari Behzod Anvaroviç Musayev Davlat soliq qömitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda DSQ saytida xabar berilgan.
«Behzod Musayev mamlakatimiz Prezidentiga sodiq, keng dunyoqaraşga ega, uzoqni közlovçi, tinmay izlanuvçan va oldiga hamişa strategik vazifalarni maqsad qilib kelgan yuqori malakali mutaxassisdir.
B.Musayev rahbarligida Prezidentimiz taşabbusi bilan joriy etilayotgan soliq tizimini liberallaştiriş, tadbirkorlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş, davlat soliq xizmati organlarini insofli soliq tölovçilarning işonçli hamkoriga aylantiriş yölidagi islohotlar faollik bilan hayotga tatbiq qilinmoqda», deyiladi qömita matbuot xizmati xabarida.
Behzod Musayev 1973 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy. 1995 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
U Davlat soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 2010 yilda boşlagan. 2010-2011 yillarda Soliq qömitasi raisi birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, uning 2011 yildan 2016 yilgaça bölgan faoliyati haqida ma'lumot yöq. U joriy yilning 12 mart kuni Abdusalom Yöldoşev örniga Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari vazifasiga tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, Davlat soliq qömitasining bundan avvalgi raisi Botir Parpiyev joriy yilning 11 may kuni işdan olingandi. Şu kuni Musayev birinçi örinbosar lavozimini saqlab qolgan holda Parpiyev örniga DSQ raisi vazifasini bajaruvçi sifatida iş boşlagandi.
















